w w w . s a m a r k a n d . u z

"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi yo'nalishlarda ko'mak beradi.

"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi yo'nalishlarda ko'mak beradi.

.

Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish

Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega.

Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

— Sertifikatlash xizmatlari
— Laboratoriya sinovlari
— Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash


Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.

 Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish

Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi.

— Stend ijarasi
— Ekspozitsiya tayyorlash
— Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari


 Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish

Jamg‘arma eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun tijorat banklariga resurs ajratadi.

— Xomashyo xaridi
— Ishlab chiqarish
— Yetkazib berish



 Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish

Jamg‘arma tomonidan eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

— Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi
— Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi



 Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish

Jamg‘arma Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

— Platformaga joylashtirish
— Kontent va katalog tayyorlash
— Raqamli reklama


 Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash

Jamg‘arma xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, shuningdek:

— Ofis
— Savdo va ombor binolari
— Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi
.



 Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish

Jamg‘arma xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.

— Strategiya
— Marketing
— Eksportni rivojlantirish


 Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish

Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi.

— Dizayn sifati oshadi
— Mahsulot zamonaviylashadi



 Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish

Jamg‘arma moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS) asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

— Konsalting
— Hisobotlarni moslashtirish



Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish

 Jamg‘arma ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi.

— ERP, CRM tizimlari
— Xarajatlarni kamaytirish
— Samaradorlikni oshirish



 Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish

Brend — bu sizning imijingiz.

Jamg‘arma mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rivojlantirish xarajatlarini qoplaydi.

— Tovar belgisi
— Xalqaro himoya


 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling.

 +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420)

 Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://adli.uz/ 


Kiritilgan vaqti: 24/10/2026 10:50.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/yengil-sanoatni-moliyaviy-qollab-quvvatlash-jamgarmasi-tomonidan-yengil-sanoat-sohasidagi-tadbirkorlik-subyektlariga-hukumat-qarorida-belgilagan-quyidagi-yonalishlarda-komak-beradi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing