INVESTITSIYa DASTURI 3 YILLIK DAVRGA QABUL QILINADI
Prezidentning 14.05.2019 yildagi PF-5717-son Farmoni bilan Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning yangi tizimi joriy etiladi.
2020 yildan boshlab Investitsiya dasturi uch yillik davrga shakllantiriladi. 2020-2022 yillarda Investitsiya dasturi loyihasi joriy yilning 15 dekabriga qadar tasdiqlanishi lozim. Hujjat har yili aniqlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlari yangilanadi.
Jarayonda bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya vazirliklari, TIV xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda, shuningdek Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ishtirok etadi. Vazirlar Mahkamasi va Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari ishlarni muvofiqlashtiradi.
LBMA tomonidan ishlab chiqilgan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ham ishga tushiriladi. U Loyiha boshqaruvi yagona milliy axborot tizimining bir qismi hisoblanib, unga investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilar ulangan. Dasturiy mahsulotni joriy etish va undan foydalanish Reglamenti bir oy muddatda qabul qilinadi.
Davlat apparatida ham ayrim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida qisqartirilayotgan infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari o‘rniga investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari (byudjet tizimlarining byudjet qismida) paydo bo‘ladi. Vazirlik huzurida esa Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi tashkil etildi. U markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini ko‘paytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi loyihalar bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
2019 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari investitsiya loyihalarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirganlik, tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun 2 lavozim maoshigacha bo‘lgan miqdorda biryo‘la mukofotlash tarzida rag‘batlantiriladi. Ushbu yo‘nalishda qoniqarsiz ish uchun – intizomiy choralar ko‘riladi: hayfsan e’lon qilish, lavozim maoshining 50%igacha miqdorida jarima solish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish).
Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyat ko‘rsatishiga yondashuv o‘zgaradi. Xususan, ularning rahbarlari va xodimlari loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. LAOG rahbarlari hisobotlari kollegial asosda eshitiladi.
2019 yil 1 iyunga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chog‘ida jalb etiladigan milliy konsultantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.