.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasidagi Samarqand viloyati bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatiga Havola
Samarqand viloyat hokimligida 2024-yil 18-sentabr holatiga ko‘ra mavjud vakant ish o‘rinlari:
№ | Lavozimi | Ish o‘rinlar soni | Holati |
1 | Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi | 1 | 18.09.2024 |
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatida kadrlarni tanlash, suhbat o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yish tartibi to‘g‘risida
MA’LUMOT
Vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashga qo‘yiladigan talablar
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati, viloyat hokimligi bo‘lim va boshqarmalar, tumanlar va shaharlar hokimliklaridagi vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashni viloyat hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Nomzodlarni tanlashda quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- nomzodning tanlanayotgan lavozim bo‘yicha mutaxassisligi to‘g‘ri kelishi;
- fidoyiligi, sadoqatliligi, mehnatsevarligi, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, ma’naviyati kabi mezonlarga javob berishi;
- ijro intizomiga rioya etishi, mas’uliyati va javobgarligi;
- mutaxassis vazifasiga kamida 2-3 yil, bo‘lim boshlig‘i vazifasiga
3-4 yil, tuman, shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga kamida 3-5 yil rahbarlik vazifasida, tashkilot rahbarligiga esa kamida 2-3 yil o‘rta bo‘g‘in yoki o‘rinbosar vazifasidagi soha yo‘nalishi kesimida mehnat stajlariga ega bo‘lishi;
- tavsiya etilayotgan vazifa bo‘yicha yetarli amaliy tajribasi bo‘lishi;
- mutaxassisligi bo‘yicha qaysi seminar-treninglarda, shu jumladan, xalqaro uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, brifinglar, treninglarda ishtirok etgani va qanday ko‘nikmalarni egallagani;
- chet tillarini bilish darajasi;
- normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tajribasi mavjudligi;
- odob-axloqi namunali va ma’naviyatli bo‘lishi;
- axborot-texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, kompyuterda ishlash qobiliyati;
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilgari ishlagan joyidan berilgan annotatsiya rezyume.
Vakant lavozimlarga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi va uning yakuni bo‘yicha javobgarlik
Tavsiya etilayotgan nomzodni (odatda 3 nafar) dastavval viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari tanlaydi, o‘rganadi va hujjatlarini tegishli tartibda tayyorlab, viloyat hokimligi tashkiliy-kadirlar guruhiga yetkazadilar.
Tashkiliy-kadirlar guruhi nomzodlarning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi va rahbariyatga kiritadi.
Nomzod bilan suhbat quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari va uning kotibiyati mudiri;
- hokimlik guruh rahbarlari, bo‘lim boshliqlari va yuridik xizmati (o‘z sohalari bo‘yicha);
- Tashkiliy-kadirlar guruhi rahbari va mutaxassislari;
O‘tkazilgan suhbat yakunlariga ko‘ra, har bir suhbat o‘tkazuvchi mas’ul xodim “Suhbat varaqasi”ga o‘z fikrini yozib, imzo chekadi.
Suhbat varaqasi va tegishli bildirgi viloyat hokimiga yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Suhbat varaqasiga nomzod tomonidan yozilgan tarjimai hol, avvalgi ish joyida amalga oshirgan ishlari hamda kelajakda bajarmoqchi bo‘lgan ishlari haqida fikr-mulohazalar, takliflari va rejalari haqida ma’lumoti ilova qilinadi.
Suhbat natijalariga ko‘ra “Lozim emas deb topilgan” deb baholangan nomzodga yana imkoniyat berilib, 2-3 oydan keyin takroran suhbat o‘tkazilishi mumkin. Shundan keyin ham ijobiy xulosa berilmasa, ushbu nomzod takroran 1 yildan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.
Suhbatni belgilangan tartibda xolisona va prinsipial tarzda o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari va boshqa mas’ullar zimmasiga yuklatiladi.
Viloyat hokimligi apparati xodimlarini lavozimga tayinlash
- viloyat hokimligi apparatining bo‘lim boshliqlari, kotibiyat mudirlari, bosh, yetakchi, birinchi toifali mutaxassislar, bosh hisobchi lavozimlariga nomzodlar tegishli hokim o‘rinbosari kotibiyati mudiri tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan birgalikda tanlanadi va viloyat hokimiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Nomzodlar bilan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Suhbat yakunlari hokimga taqdim etilganidan keyin, ma’qullangan taqdirda hokim qarori yoki farmoyishi bilan tayinlanadi;
Ishga qabul qilinadigan xodimning arizasi va viloyat hokimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi viloyat hokimi qarori yoki farmoyishi uchun asos bo‘ladi. Mehnat shartnomasi yozma ravishda tuziladi, ishga kiruvchi xodim va viloyat hokimi imzosi bilan bitiladi, hokimlik muhri bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, tayinlangan xodimga viloyat hokimining 2016 yil 29 apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Odob-axloq qoidalari” nusxasi imzo bilan beriladi.
Viloyat hokimligi bo‘lim va boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish
Viloyat hokimligi bo‘lim va boshqarmalar, tashkilotlar rahbarlari lavozimiga nomzodlar tegishli viloyat hokimi o‘rinbosarlari tomonidan tanlanadi va kelishish uchun viloyat hokimiga taqdim etiladi. Nomzodlar viloyat hokimi o‘rinbosarlari va tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng viloyat hokimiga yozma taklif kiritiladi. Viloyat hokimi roziligi olingandan so‘ng tanlangan nomzodlar haqida tavsiya xatlari belgilangan tarzda yuqori turuvchi organlarga yuboriladi.
Tuman, shahar hokimining o‘rinbosarlari, hokimliklar apparatlari mas’ul xodimlari va bo‘lim hamda boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish
Tuman va shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga 3 nafardan iborat nomzodlar tegishli hokim o‘rinbosarlari tomonidan tanlanadi va kelishish uchun viloyat hokimiga taqdim etiladi. Nomzodlar viloyat hokimi o‘rinbosarlari va tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng viloyat hokimiga yozma taklif kiritiladi. Viloyat hokimi roziligi olingandan so‘ng, tanlangan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan tartibda suhbatdan o‘tkaziladi va xulosa qilinadi.
Viloyat hokimining roziligi olinganidan keyin tuman-shahar hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. (Yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosar Prezident Devonining, Innovatsiyalar va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosar soha vazirligining, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Respublika xotin-qizlar qo‘mitasining roziligi olinganidan keyin lavozimga tayinlanadi).
Tuman va shahar hokimlarining o‘rinbosarlarini lavozimidan ozod etish viloyat hokimligi roziligi olingandan so‘ng amalga oshiriladi. Buning uchun tegishli hokim tomonidan viloyat hokimi nomiga o‘rinbosarni almashtirish bo‘yicha asoslab berilgan yozma taklif va yangi nomzodlarning tavsiya xati kiritiladi.
Viloyat hokimligida ushbu masala ko‘rib chiqilib, tuman yoki shahar hokimining taklifi ma’qullangan taqdirda hokim o‘rinbosarini egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tegishli hokim qarori qabul qilinadi (yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosar bundan mustasno).
Nomzodlar yig‘ma jildlariga qo‘yiladigan talablar
Nomzod lavozimga tayinlanganidan keyin unga quyidagi shaxsiy hujjatlar to‘plami tayyorlanadi:
- shaxsiy varaqa (so‘rovnoma);
- tarjimai hol;
- fuqarolik pasporti, diplom, mehnat daftarchasi nusxalari;
- 6 dona fotosurat;
- tavsiya xati.
- fikrnoma.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.