Virtual qabulxona

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

1. Viloyat hokimligi apparatida fuqarolarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyati hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas'uliyat viloyat hokimi o‘rinbosarlari, umumiy bo‘lim, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3. Viloyat hokimligida fuqarolar viloyat hokimi, hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparatining kotibiyat, bo‘lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi.

4. Viloyat hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.

5. Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik apparatining tegishli bo‘linmasi va umumiy bo‘lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas'uliyat viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Y.Mamatov zimmasiga yuklatiladi.

7. Umumiy bo‘lim mudiri viloyat hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab viloyat hokimi topshirig‘i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan viloyat hokimi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. Viloyat hokimi tomonidan murojaatni o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriq viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Y.Mamatov tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Viloyat hokimi o‘rinbosarlari yoki hokimlik apparatining bo‘linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Y.Mamatov tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi.

8. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun viloyat hokimi yoki ushbu murojaat ko‘rib chiqish uchun yuborilgan hokim o‘rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi (qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddat ichida ma'lum qilinadi.
Ariza va shikoyatlar viloyat hokimligiga tushgan kunidan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati viloyat hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi.

Viloyat hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish viloyat hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.

10. Viloyat hokimligi apparati ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Y.Mamatov har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi. Oy yakunlari bo‘yicha viloyat hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo‘yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma'lumotlarni viloyat hokimlik soati va apparat yig‘ilishlari muhokamasiga kiritadi.

11. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas'ul shaxs:

Mamatov Yigitali Aktamovich

Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Manzil:140157, Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy
Telefon: (66) 235-62-36


 
 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.