w w w . s a m a r k a n d . u z

E’lon qilinishi lozim bо‘lgan axborot

E’lon qilinishi lozim bо‘lgan axborot

Samarqand viloyat hokimligi faoliyati tо‘g‘risidagi e’lon qilinishi (chop etilishi) lozim bо‘lgan axborot materiallari

RО‘YXATI

 

  1. Viloyat hokimligining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar.
  2. Viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning ijro etilishining borishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  3. Viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlarga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish, shuningdek, ushbu hujjatlarni о‘z kuchini yо‘qotgan deb topish tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  4. Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilayotgan qarorlarning loyihalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  5. Viloyat hokimligi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  6. Samarqand viloyati hokimligi tomonidan о‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  7. Samarqand viloyati hokimligining jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  8. Amalga oshirilishida viloyat hokimligi ishtirok etayotgan О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  9. Chorak hamda yil yakunlari bо‘yicha viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atini tavsiflovchi asosiy kо‘rsatkichlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  10. Viloyat hokimligi tomonidan о‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  11. Bо‘sh ish о‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bо‘sh ish о‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qо‘yiladigan talablar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  12. Viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
  13. Viloyat hokimligida о‘tkaziladigan chorak yakunlariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari (ochiq majlislar)ni о‘tkazish rejalari, shu jumladan yig‘ilishlarning kun tartibi.

Samarqand viloyati hokimining 2018-yil 16-maydagi 319-Q-sonli “Samarqand viloyati hokimligi faoliyati bо‘yicha axborotni tо‘plash va uni e’lon qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (Qarorni yuklash 4,1 Mb)

 


Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2023 15:57.   Ko‘rilganligi: 2243
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/elon-qilinishi-lozim-bolgan-axborot

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.