Tashkil topgan vaqti – Miloddan avvalgi VI asrlar.
Umumiy maydoni – 0,12 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 3 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 215 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 585232 kishi (erkaklar – 283694, ayollar – 301538).
Chegaradosh tumanlar – Samarqand, Pastdarg‘om, Jomboy, Tayloq, Oqdaryo.
Shahar hokimi – Umarov Fazliddin Karimovich
Manzil: 140129, Samarqand shahri, Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 59-uy
Telefon: (0366) 235-01-80
e-mail: info@samshahar
Samarqand – qadimiy shahar, viloyat va tuman shu nom bilan atalgan. Tarixchilar bu shaharni Vavilon, Fiva, Afina, Rim va boshqa shu kabi shaharlar bilan tengdosh hisoblashadi. Toponimning etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Tadqiqotchilarning qariyb barchasi toponimning ikkinchi qismini turkiycha – kent, – qand, ya'ni qishloq, shahar deb hisoblaydilar.
Kent Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, kunchiqar tomondagi har bir shaharga aytiladi (DLT, 1, 327-bet). Ammo toponimning birinchi qismi manbalarda turlicha talqin etiladi. Ba'zi manbalarda Samar – kishi nomi, sarkarda ismi bilan bog‘lansa, ba'zilarida Samara – meva, hosil, ya'ni shirinliklar shahri deb izohlanadi.
Beruniy: “Samarqand – turkiy tilda Samizkand, ma'rifat shaharlaridan biri” deb yozadi. “O‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar Samarqandni kattaligi uchun Samizqand – Semiz shahar deydilar” deb qayd qiladi Koshg‘ariy.
H.Hasanov toponimning shu etimologiyasini ma'qul ko‘rgan holda boshqa bir izohni, ya'ni nomning birinchi qismini forscha Xamara “yig‘in, to‘planish” so‘zi bilan bog‘lab, “to‘planish joyi, maslahat qishlog‘i” desa, T.Rahmatov Samarqand toponimining birinchi komponentini Shamarforscha “ariq, kanal” so‘zi bilan aloqador hisoblab, nomni “ariq yonidagi qishloq” deb izohlaydi (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 122-123-betlar).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.