w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi

Samarqand viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi

Samarqand viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi

Mirzayev Manuchexr Boboraximovich

 

Biografiyasi

Telefon: 0 (366) 2304204

 E-mail:  sampressa@samarkand.uz

Manzil: 140157, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy. № 3, 6, 10, 21, 22, 33, 41, 44, 51, 52, 58, 64, 66, 122 raqamli avtobuslarning "Viloyat hokimligi" bekati (mo‘ljal: Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarining kesishmasi) 

                                                                                     

HOKIMLIK AXBOROT XIZMATINING ASOSIY XIZMAT VAZIFALARI

 

Viloyat hokimligi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlaydi;

keng jamoatchilikni viloyat hokimligining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qiladi;

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantiradi, axborot xabarlarini tarqatadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi;

viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiradi;

axborot maydoni monitoringini olib boradi va tahlil qiladi, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etadi;

viloyat hokimligining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;

viloyat hokimligi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari bilan ta’minlaydi;

idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qiladi va ular to‘g‘risida viloyat hokimiga axborot beradi;

viloyat hokimligining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.

AXBOROT XIZMATI YuKLANGAN VAZIFALARNI AMALGA OShIRISh UChUN QUYIDAGI FUNKSIYaLARNI BAJARADI:

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;

ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, viloyat hokimligining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;

OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki, yozma va elektron hujjat shaklida axborot taqdim etadi;

qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qo‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;

Axborot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni viloyat hokimligining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘playdi va ularni puxta ishlaydi;

viloyat hokimligi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;

viloyat hokimligi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, viloyat hokimligi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun viloyat hokimligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;

viloyat hokimligi faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;

viloyat hokimligining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

viloyat hokimligi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;

viloyat hokimligi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

viloyat hokimligining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

Axborot xizmati o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning viloyat hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

 


Oxirgi o‘zgarish: 10/01/2024 09:42.   Ko‘rilganligi: 22711
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/press-service

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.