Tilavova Yulduz Muhammadshukur qizi
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot ta’lim yo‘nalishi (bakalavr) bo‘yicha olgan.
1996 yil 16 mart kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetining 5-bosqich talabasi. 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Hammualliflikda «Sindrom mexanicheskiy jeltuxi. Xolangit» mavzuidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etgan. Moskva shahrida o‘tkazilgan “Tibbiyot bahori - 2016” konferensiyasi ishtirokchisi. “Xirurgik kasalliklar va ularni davolash” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Oripov Hasan Abdivahobovich
Pedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha (magistratura) olgan.
1993 yil 18 oktyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti.
2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritgan.
20 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Hozirgi kunda «Ijtimoiy tarmoqlarda global inqirozlarning chuqurlashuv tendensiyalari va shaxs informatsion madaniyatiga ta’siri» mavzuida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Samadov Aziz Ilxomovich
Texnika va informatika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
1989 yil 25 iyulda tug‘ilgan. Samarqand davlat universitet 4-kurs talabasi.
Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirish bilan birga universitet va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari hamda turli tanlovlarda ishtirok etib kelmoqda. o‘z faniga oid ilmiy-ommabop maqolalari jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.
Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.
2016/2017 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindorlari
Ibragimov Xasan Ismoilovich
Ibragimov Xasan Ismoilovich, 1991 yil 18 dekabr kuni Samarqand shahar Kaftarxona mahallasida shifokor oilasida tavallud topgan.
2010 yili Samarkand shahridagi 5 o‘rta talim maktabini a’lo baholar bilan tugatib Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey talabalari safida ta’lim oldi. 2010 yil davlat test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari safiga qabul qilindi.
Yoshligida turli tadbirlar, olimpiadalar, konkurs va festivallarda faol katnashgan. Jumladan, “Kamolot” YOIH va YUNYESKO ko‘magida tashkil etilgan “Youth and Sustainable Develompent: Environment for Healthy Life” nomli o‘kuv oromgoxi semanarlarida, “Sardorlar maktabi” seminar-treninglarida, “Siz qonunni bilasizmi” kabi tanlovlarda faol qatnashgan.
“Kelajak Ovozi -2010” tanlovining Respublika bosqichida “Imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus tez tibbiy yordam chaqiruvchi moslama” nomli loyiha bilan birinchilikni egallagan va “Kelajak Ovozi” stipendiyasi g‘olibi bo‘lgan.
2010 yilda «Kamolot» YOIH tomonidan tashkil etilgan “Sardorlar maktabi” 3 oylik o‘kuv mashg‘ulotlariga qatnashib, «Oltin diplom» bilan taqdirlangan. 2011 yil 7-21 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan «Kelajak ovozi 2011» yozgi o‘quv oromgoxida, 2012 yil 22-26 avgustda Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan «Yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish» bo‘yicha seminar-treninglarda qatnashgan.
2010-2015 yillar davomida SamDTI Kamolot YOIH boshlag‘ich tashkilotida avval guruh yetakchisi, so‘ngra fakultet yetakchisi sifatida faoliyat olib borgan. Ayni paytda kengash faol a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Institutda “Terapiya”, “Pediatriya”, “Xirurgiya” “Farmakologiya”, “Informatika va dasturlash” kabi seminar trening, to‘garaklar va talabalar ilmiy jamiyatlarida izlanishlar olib bormoqda. Respublika va chet el nashrlarida 4 ta ilmiy maqola, 7 ta tezis va 2 ta uslubiy ko‘rsatma nashr etgan. Respublikamizda yosh olimlar va iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan Xalkaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashib diplom va faol qatnashuvchi sertifikati bilan taqdirlangan. “Qari va keksa yoshli kishilarda revmatoid artrit kasalligining kechish va davolash xususiyatlari”, “Immunological aspects of ischemic heart failure”, “Bronxoobstruktiv sindrom” nomli mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib bormokda.
Lenara Tairovna Asanova
Pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
1992 yil 1 iyunda tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi.
O‘qishda yuqori reyting natijalariga erishish bilan birga, respublika va universitet miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari, tezislari va ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. U turli sport anjumanlarida hamda jamoat ishlarida faol qatnashadi. Jismoniy madaniyat mavzuidagi ilmiy-ommabop maqolalari gazeta-jurnal va to‘plamlarda chop etilgan.
Ingliz tilida erkin so‘zlashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.