Virtual qabulxona

Samarqand shahrida bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida
MA'LUMOT

Samarqand shahrida shaharsozlik infratuzilmasini rivojlantirish va sayyohlik potensialini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrining 2035 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi «Toshkentboshplan LITI» DUK bosh loyiha instituti hamda  xorijlik konsultant-arxitektorlar bilan birgalikda qayta ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga shaharning tarixiy qismini batafsil rejalashtirish loyihasi ham ishlanmoqda.

Bosh rejada “Samarqand Siti” turistik zonasi tashkil etilishi, shuningdek ushbu turistik zona hududida Samarqand shahrida 2022 yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan SHXTning navbatdagi Sammiti tadbiri uchun xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar (Kongress zal, mehmonxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari) rejalashtirilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, shahar hududida 35 dan ortiq 3, 4 va 5 yulduzli zamonaviy mehmonxonlar, turistik obyektlar qurilishi rejalashtirimoqda. Shahar aholisini qulay va arzon turar-joylar bilan ta'minlash maqsadida Samarqand shahar Qorasuv mahallasi (Motrid qo‘rg‘oni) hududidan 48.0 ga yer maydoni ajratilib, hududda 2018 yilda qurilgan 44 ta 5 va 7 qavatli ko‘p kvartirali turar-joylar hududidan 2019 yilda qo‘shimcha 7 ta 5 qavatli va 52 ta, 10 qavatli 19 ta, 12 qavatli 16 ta, 14 qavatli 9 ta va 16 qavatli 8 ta ko‘p kvartirali zamonaviy turar-joy binolari qurilishi rejalashtirilgan.   

Taklif va murojaatlar


 
 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.