w w w . s a m a r k a n d . u z

URGUT TUMANI

URGUT TUMANI

Markazi – Urgut shahri.
Tashkil topgan vaqti – 1964-yil 31-dekabr.
Umumiy maydoni – 1,12 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 7 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 120 ta, shundan shahar mahallalari soni – 40 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 12 ta.
Qishloq aholi punktlari – 115 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni –559226 kishi (erkaklar – 284101, ayollar – 275125).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 35 km.
Chegaradosh respublika- Tojikiston, viloyat – Qashqadaryo, tumanlar – Tayloq, Samarqand, Bulung‘ur.

Tuman hokimi v.v.b – Jabborov Botir Shukurovich

Manzil: 141600, Urgut shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 104-uy

Telefon: (0366) 483-14-52

e-mail: info@urgut.uz

veb-sayt: http://www.urgut.uz

Urgut – Samarqand viloyatidagi shahar va qishloq tumani nomi. Toponim tarixiy manbalarda Arkut shaklida uchraydi.

S.Qoraevning bergan ma’lumotiga qaraganda, O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham Urgut nomli joylar uchraydi. Masalan, Farg‘ona vodiysida, Xorazmda.

Shunday ekan, toponimni Arg‘u qabilasi nomi bilan bog‘lash mumkin. Mahmud Koshg‘ariy arg‘u – turk qabilasi nomi deb yozadi (DLT, 1, 114-bet).

Toponimning qadimgi manbalardagi varianti ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. Qiyos qiling: arg‘ut – arkut  – Urgut–t qadimgi turkiy va mo‘g‘ul tillarida ko‘plik hosil qiluvchi qo‘shimchadir. Urgut argut, arg‘ular” ma’nosini bildiradi (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 138-bet).

 

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2024 20:25.   Ko‘rilganligi: 5647
 
Material manzili: https://samarkand.uz/towns_districts/urgut

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.