Markazi – Ishtixon shahri.
Tashkil topgan vaqti – 1943 yil 18 may.
Umumiy maydoni – 0,72 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 12 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 62 ta, shundan shahar mahallalari soni – 19 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 9 ta.
Qishloq aholi punktlari – 165 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 275902 kishi (erkaklar – 139016, ayollar –136886).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 68 km.
Chegaradosh tumanlar – Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Qo‘shrabot, Oqdaryo, Payariq.
Tuman hokimi – Ruziev Fazliddin Kiranovich
Manzil: 140700, Ishtixon tumani, Ishtixon ko‘chasi, 6-uy
Telefon: (0366) 231-98-32
e-mail: info@ishtixon.uz
Ishtixon– Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va shu tuman markazi nomi.
Ishtixonqadimdan ma’lum bo‘lib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi bo‘lgan, keyinchalik So‘g‘diyona tarkibiga kirgan. Samarqand arablar tomonidan bosib olingach, So‘g‘d ishxidlari Ishtixonga kelib, uni poytaxt qilgan. X asrlarda Ishtixon qal’a, shahriston va raboddan iborat katta shahar bo‘lgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda Ishtixon savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bog‘-rog‘, dalalar bilan o‘ralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. Ishtixonga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar xarobaga aylangan. Uning o‘rnida kichikroq qishloq – hozirgi Ishtixon shahri vujudga kelgan (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 323-bet).
Ishtixon toponimi etimologiyasi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Manbalarda “ichdi qon”, “ishqi xon”, “ichdi xon” kabi taxminiy fikrlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.