

.

Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish
Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega.
Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
— Sertifikatlash xizmatlari
— Laboratoriya sinovlari
— Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash
Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish
Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi.
— Stend ijarasi
— Ekspozitsiya tayyorlash
— Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari

Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish
Jamg‘arma eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun tijorat banklariga resurs ajratadi.
— Xomashyo xaridi
— Ishlab chiqarish
— Yetkazib berish

Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish
Jamg‘arma tomonidan eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.
— Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi
— Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi

Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish
Jamg‘arma Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
— Platformaga joylashtirish
— Kontent va katalog tayyorlash
— Raqamli reklama

Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash
Jamg‘arma xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, shuningdek:
— Ofis
— Savdo va ombor binolari
— Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi.

Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish
Jamg‘arma xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi.
— Strategiya
— Marketing
— Eksportni rivojlantirish
Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish
Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi.
— Dizayn sifati oshadi
— Mahsulot zamonaviylashadi

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish
Jamg‘arma moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS) asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
— Konsalting
— Hisobotlarni moslashtirish

Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
Jamg‘arma ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi.
— ERP, CRM tizimlari
— Xarajatlarni kamaytirish
— Samaradorlikni oshirish

Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish
Brend — bu sizning imijingiz.
Jamg‘arma mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rivojlantirish xarajatlarini qoplaydi.
— Tovar belgisi
— Xalqaro himoya
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling.
+998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420)
Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://adli.uz/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.