

.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 134-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxatiga qo‘shimcha (VMQ–134-son, 31.03.2026-y.) kiritildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi PQ–233-son qaroriga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, Samarqand shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash, zamonaviy obyektlarni barpo etish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Qarorga asosan, “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari ro‘yxati yangi 20-band bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, Samarqand shahrida barpo etilayotgan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi mazkur ro‘yxat tarkibiga kiritildi.
Mazkur qaror hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, zamonaviy shaharsozlik infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.