.
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4256-sonli qarorlariga asosan 300,0 mln.AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 sentyabrdagi “Abu Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-372-sonli qarori tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi va Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida Loyihani amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 17 yilda qaytarish muddati bilan qarz bitimi imzolanganligi hamda Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (ya’ni, 2022 — 2026 yillar) tashkil etishi belgilangan.
Loyihaning texnik iqtisodiy asoslari (TEO) hamda tender hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 noyabrdagi 01-05/1-3817-sonli yig‘ilish bayoniga asosan “Worley Parsons Uzbekistan Engineering” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Loyihani jadallashtirish maqsadida ish hajmlari 4 LOTga ajratildi, xalqaro tender savdolariga “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan e’lon berilib, tender savdolari o‘tkazildi va pudrat kompaniyalari aniqlandi.
1-LOT: Yo‘llar qurilishi bo‘yicha:
Ushbu LOTda 2 ta yo‘lda, A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigagacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasini Gulobod ko‘chasidan
M-37 avtomobil yo‘ligacha 9,2 km. qismini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Tender natijalari bo‘yicha (32,9 mln.$) “New Tech Samarkand” (O‘zbekiston), “Sinoindustrial Tashkent” (O‘zbekiston) i “Tekar Teknik Arastirma Ticaret Limited Sirketi” (Turkiya) – Konsorsiumi g‘olib deb topildi.
Bugugi kunda obyekt bo‘yicha pudrat shartnomalarni rasmiylashtirish uchun tender natijalari hisobotlariga Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasining roziligi olindi va pudrat shartnomasini tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda, yaqin kunlarda pudrat shartnomalar rasmiylashtirilib, qurilish ishlari bosqichma-bosqich boshlanadi.
2-LOT: Ko‘prik va Tonnellar qurilishi bo‘yicha:
Ushbu LOTda 2 ta tonnel (Gagarin – M.Ulug‘bek kesishmasida 750 m., inshoot uzunligi 44 m.; Gagarin – Rudakiy kesishmasida 650 m., inshoot uzunligi 50 m.) va 2 ta ko‘prik (Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l ustida 78 m., Siyob kanali ustida 165 m.) qurilishi rejalashtirilgan.
Tender natijalari bo‘yicha (84,2 mln.$) “Me’mor Utkir Chovka LLC” (O‘zbekiston) & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) - Konsorsium g‘olib deb topildi.
Pudratchi tomonidan tanlangan loyihachi: “Univer Pro Stile” MCHJ
Hozirda obyektda qurilishi ishlarini tashkillashgtirish maqsadida vaqtinchalik bino vagonchiklar tashkil qilingan, kommunikatsiya tizimlarini ko‘chirish ishlari boshlandi va elektr energiyasi hamda aloqa tarmoqlarini ko‘chirish, temiryo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prik atrofida to‘siq devorlarni ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Shuni takidlash joizki, ushbu obyektlar qurilishi boshlanishidan avval hududdagi barcha kommunikatsiya tizimlari xavfsiz ko‘chirilib, avtomobillar va piyodalarning xavfsiz harakatlanish sxemalari tuzilib, tasdiqlanganidan so‘ng qurilish ishlari bosqichma-bosqich boshlanadi.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi bo‘yicha:
Ushbu LOTda 6 ta nasos stansiyasi (Mulyon, L.Tolstoy, Mikrarayon A va B, Sagdiana, Oktyabrskaya, GorMolZavod), 2 ta suv inshootlarini (Dagbit va Cho‘pon ota) rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Tender natijalari bo‘yicha (31,6 mln.$) “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) - Konsorsium g‘olib deb topildi.
Kompaniya bilan pudrat shartnoma imzolandi, hozirda Kompaniya tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish bo‘yicha:
Ushbu LOTda jami 11,2 km. ichimlik suv tarmoqlarini qurish, shundan A.Temur ko‘chasida Bo‘stonsaroy ko‘chaidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasida 8,9 km. qurish ishlari amalga oshiriladi.
Tender natijalari bo‘yicha “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) - Konsorsium g‘olib deb topildi.
Pudratchi tomonidan tanlangan loyihachi: “Ta’mir loyixa” MCHJ
Kompaniya bilan pudrat shartnoma imzolandi, 2,8 mln.dollarlik (20%) avans to‘lovi o‘tkazilgan, bugungi kunda A.Temuri ko‘chasining Gagarin ko‘chasi kesishmasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasiga qarab qurilish-montaj ishlari boshlangan.
Bugungi kunga qadar obyektda diametri D-500 mm. bo‘lgan chugun suv tarmoqlari 600 metr masofaga montaj qilindi, 84,0 metrga pnevmatik ispitaniya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.