

.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasida jami 4,4 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km., Gagarin ko‘chasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha qo‘shimcha 2,1 km.) qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km.qismida qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasi bilan kesishmasidan ushbu ko‘chaning O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 600 masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi piyodalar yo‘lagi qurilishi ishlari davom ettirilmoqda.
Usta Quli Jalolov ko‘chasida 450 metr qismiga ikki qavat asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi, shuningdek, ko‘chaning ikki tomonidan 450 metr qismiga piyodalar yo‘lagi qurildi.
Lolazor ko‘chasida 1,2 km. (bulvar) masofada 3 qatlam asfalt yozqizildi, K.Behzod ko‘chasida o‘ng va chap tomonida jami 870 metr qismida 3 qatlam asfalt yozqizildi. piyodalar yo‘laklari qurilishi ishlari davom ettirilmoqda.
Guliston ko‘chasidan Gulobod ko‘chasigacha yo‘lning asos qurish ishlari bajarilmoqda, yo‘lning 400 metr qismiga 2 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurish ishlari davom ettirilmoqda.
Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida Ali Qushchi ko‘chasigacha 1 km. masofada 3 qatlam asfalt yotqizildi, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha 700 metr masofada o‘ng va chap tomonida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurilmoqda, Narpay ko‘chasidan M.Ulug‘bek ko‘chasiga 500 metr qismida loyiha bo‘yicha to‘liq 3 qatlam asfalt yotqizildi, ushbu yo‘lda piyodalar yo‘lagiga plitkalar terish ishlari davom etmoqda.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va beton olish ishlari bajarilmoqda, loyiha bo‘yicha jami 737 ta svaya qurish ishlari yakunlandi. Rostverg uchun armokarkas o‘rnatish va beton olish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, hozirgacha 580 metr uzunlikda rostverg qurish ishlari yakunlandi. loyihadagi jami 54 dona 18 metrlik temir-beton balkalar to‘liq montaj qilindi, tonnelning ichki 60% qismi tuprog‘i chiqarilib ochildi, tonnelning ichki fasad ishlari bajarilmoqda.
Rudakiy ko‘chasida 2 dona yer osti piyodalar yo‘lagi qurish ishlari 75%ga bajarilgan, yer osti piyodalar yo‘lagining ichki qismida fasad ishlari bajarilmoqda.
Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 18 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi. Siyob kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 26 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi, rostverg uchun karkaslarini o‘rnatish va beton olish ishlari bajarilmoqda. Ishlar davom etmoqda.

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, 31 ta suv quduqlari yangidan qurildi, nasos stansiyasi uchun yangi bino qurilishining metalokonstruksiya montaj qilish ishlari bajarilmoqda, xlorlash binosining poydevor qismi qurilishi yakunlandi.
Dahbed suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar hamda transformatorlar montaj qilindi, inshootda binolar rekonstruksiya qilinmoqda, tom yopish va fasad qismini ta’mirlash ishlari yakunlandi, binoning ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, xlorlash binosining poydevor qismi qurilishi yakunlandi.
Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, nasoslarni boshqaruv panellari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi.
Gormolzavod nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 5 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Muliyon nasos stansiyasida asosiy binoni rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda, yaroqsiz uskunalar demontaj qilinib, 2 ta nasos uskunalari o‘rnatildi. Binoning tom hamda fasad qismlari ta’mirlandi, ichki devorlarni pardozlash ishlari davom ettirilmoqda.
Oktabrskaya nasos stansiyasining eski binoni demontaj qilish ishlari yakunlanib, yangi binoning metallokonstruksiya montaj qilindi. Sendvich panel qoplamasini o‘rnatish yakunlanib, nasos uskunalari o‘rnatilmoqda.
Mikrorayon A, B nasos stansiyasida yuqori kuchlanishli elektr montaj qilish ishlari va yangi binoning metallokonstruksiya montaj ishlari yakunlandi, sendvich panellar o‘rnatilmoqda.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasiga qadar D-500 bo‘lgan jami 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilindi, tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi.
Gagarin ko‘chasida jami 9 022 metr (D-100 dan D-1000 gacha, shundan D-1000 lik 4 332 metr) ichimlik suv tarmoqlar montaj qilindi, 610 metr kojoxlar o‘rnatildi. tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 1250 metr tarmoq montaj qilindi, D-1420 bo‘lgan 24 metr prokol montaj qilindi.
Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlar (kamera) o‘rnatili, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha D-500 bo‘lgan 690 metr tarmoq montaj qilindi, ichki tarmoqlarni montaj qilish ishlar davom ettirilmoqda.

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi yo‘l va ko‘prikni qurish:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH”
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 3,7 km. yo‘l va 2 ta ko‘prikni qurish bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 7 ta uchastkaga ajratilgan.
Ob’ektda 2,5 km. qum-shag‘al aralashmasi (GPS) yotqizildi, 1,7 km. asfalt yotqizildi, 1 ta ko‘prikning qurilish ishlari 80%ga bajarildi, 2,5 km. piyodalar yo‘lagiga sement-beton yotqizish va suv chiqarish lotoklarini montaj qilish ishlari bajarilmoqda

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash:
Pudratchi: “Me’yor qurilish asfalt” MChJ QK & “2-son MKK” MChJ konsorsiumi
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 38,3 km. ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan.
Loyihada jami 60 ta ko‘chalar ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgacha 22,4 km. shag‘al yotqizish va 20,4 km. asfalt yotqizish ishlari bajarildi, 1,5 km. piyodalar yo‘laklari qurildi. Ishlar davom etmoqda.

6-LOT: Samarqand shahar Qorasuv massivi yo‘llarini ta’mirlash:
Pudratchi: “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” MChJ QK & “Ak-Zhol” MChJ konsorsiumi
Ob’ektda 800 metr 1 qatlam asfalt yotqizildi, 3-uchastkada piyodalar yo‘laklari demontaj qilindi, beton olish ishlari bajarilmoqda, yo‘lni asos qurish ishlari bajarilmoqda, 2 uchastkada asos qurish ishlari bajarilmoqda, eski bordyurlar demontaj qilinib, yangi bordyurlar o‘rnatilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.