w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,

1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi

A.Temur koʻchasida (Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha) piyodalar yoʻlaklarini qurish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor qurilmalarini va yoʻl belgilarini oʻrnatish, obodonlashtirish, 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari 100 % yakunlandi. 12-son maktab yonida yer osti piyodalar yoʻli qurish ishlari 80%ni tashkil etadi. Ushbu yoʻl boʻyicha 3 qatlam asfalt yotqizish ishlari 2024-yilning iyul oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

A.Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi kesishmasidan Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi kesishmasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 1000 m. asos tayyorlanib  2-qatlam asfalt yotqizish ishlari bajarildi, yoʻlning oʻng va chap tomonida 1000 metr qismida piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari bajarilgan, ishlar davom ettirilmoqda.

A.Temur koʻchasining Turkiston koʻchasi kesishmasidan S.Buxoriy koʻchasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonida 710 m. uzunlikda yoʻlning asos qurish ishlari va 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari toʻliq yakunlandi, koʻchaning oʻng va chap tomonlarida 600 metr 1qismida piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari bajarilgan, ishlar davom ettirilmoqda. 

A.Temur va Gagarin koʻchalari kesishmasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan qismida 500 m. aloqa tarmoqlarini koʻchirishi ishlari va yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 2-qatlam 400 m. asfalt yotqizish ishlari toʻliq yakunlandi, ishlar davom ettirilmoqda.

Gagarin va A.Temur koʻchalari kesishmasidan boshlab M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasi tomon yoʻlning chap va oʻng tomonida 1300 m. asos qurish ishlari,
2-qatlam asfalt yotqizish va piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari toʻliq yakunlandi, koʻchaning M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasidan Navoiyshox koʻchasi tomon yoʻlning oʻng va chap tomonlarida 800 m. asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish, Navoiyshox koʻchasidan Al-Xorazmiy va Bogʻdod koʻchalari chorrahasigacha yoʻlning oʻng tomonida asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarilgan, yoʻlning chap tomonida asos qurish ishlari amalga oshirilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi

Gagarin va M.Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish, BNS svayaga karkas toʻqish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayni qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi toʻliq yakunlangan, 93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi 61 dona beton balkalari oʻrnatish, karkas toʻqish ishlari yakunlanib, deformatsion shof oʻrnatish ishlari amalga oshirildi va pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.

Tonnelning ustki qismida gidroizolyatsiya ishlari yakuniga yetkazildi, tekis beton qatlami va asflt qoplamasi toʻliq yotqizildi, tonnelning ichki qismida yoʻl qurish ishlari uchun asos va 1-qatlam asflt qoplamasi yotqizildi. Yomgʻir, qor suvlarini qochirish quvurlari oʻrnatilgan, fasad qismida pardozlash va armirovka ishlari, koʻchalar kesishmasining 2 ta xududida piyodalar uchun yoʻlaklar qurish ishlari amalga oshirilmoqda, texnik xonalar uchun kotlovan qazish ishlari bajarilgan, xozirda armirovka, beton quyish va 2 ta piyodalar yer osti yoʻlagining zina qismini qurish ishlari bajarilmoqda.

Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida aloqa, ichimlik suvi, oqova va gaz tarmoqlarini koʻchirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda. Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida tonnel obyekti qurilishida BNS svayalarga karkas toʻqish va svayalar uchun 59 ta (skvajina) chuqur kovlangan, shundan 32 dona chuqurga beton olish ishlari bajarildi.

Temir yoʻl ustidan oʻtuvchi koʻprikda BNS svayalarga karkas toʻqish,  3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.

 

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

Choʻpon Ota  suv inshootida 8 dona suv quduqlarining paviloni (domik) buzish ishlari yakunlandi. Nasos stansiyalarini loyihalashtirish ishlari yakunlanmoqda, nasoslarning hajmiga aniqlik kiritilgan va ishlab chiqaruvchiga buyurtmalar berilgan. Eron Islom Respublikasidan ichimlik suv quvurlarini (D-200 dan D-1400 gacha boʻlgan)  olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr  quvurlar Choʻpon ota va Daxbed suv inshootlariga olib kelindi.

Hozirda ushbu olib kelingan quvurlarning (D-600-1400) 3304 m. uzunlikdagi qismi Choʻpon ota va (D-600-1400) 1305 m. uzunlikdagi qismi Daxbed suv inshootlarida montaj qilindi.

Suv inshootlarida (quduq) burgʻulash ishlari olib borilmoqda, shundan 6 ta suv quduqlar yakunlandi va 2 tasida burgʻulash ishlari amalga oshirilmoqda, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda. Mavjud nasos stansiyalari uchun olib kelinishi rejalashtirilgan 6 ta dizel generatorlarning 5 tasi olib kelindi.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:

Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya)  konsorsiumi

A.Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha D-500 boʻlgan 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan oʻtkazildi.

Koʻchaning Gagarin koʻchasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qoʻshimcha tarzda D-500 boʻlgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda. Gagarin koʻchasida diametri D-100 boʻlgan 1000 metr, D-150 boʻlgan 1170 metr, D-200 boʻlgan 1950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 boʻlgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 212 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr oʻrnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.

 


Oxirgi o‘zgarish: 14/06/2024 17:21.   Ko‘rilganligi: 152
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida3647

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.