.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur koʻchasida (Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha) piyodalar yoʻlaklari qurish, tungi yoritish, svetofor qurilmalarini va yoʻl belgilarini oʻrnatish, obodonlashtirish, 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari 100 % yakunlandi.
A.Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi kesishmasidan Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi kesishmasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 1000 m. asos tayyorlanib 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari bajarildi, piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari toʻliq bajarilgan.
Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasi kesishmasidan Turkiston koʻchasi kesishmasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonlarida asfalt yotqizish uchun asos qurish ishlari bajarilmoqda.
A.Temur koʻchasining Turkiston koʻchasi kesishmasidan S.Buxoriy koʻchasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonida 710 m. uzunlikda yoʻlning asos qurish ishlari va 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari toʻliq yakunlandi.
A.Temur va Gagarin koʻchalari kesishmasidan Firdavsiy koʻchasigacha boʻlgan qismida 500 m. aloqa tarmoqlarini koʻchirishi ishlari va yoʻlning chap va oʻng tomonlarida 2-qatlam 400 m. asfalt yotqizish ishlari toʻliq yakunlandi.
Gagarin va A.Temur koʻchalari kesishmasidan boshlab M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasi tomon yoʻlning chap va oʻng tomonida 1300 m. asos qurish ishlari,
3-qatlam asfalt yotqizish va piyodalar yoʻlaklarini qurish ishlari toʻliq yakunlandi, M.Ulugʻbek koʻchasi kesishmasidan Navoiyshox koʻchasi tomon yoʻlning oʻng va chap tomonlarida 800 m. asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish, Navoiyshox koʻchasidan Bogʻdod koʻchasi kesishmasigacha yoʻlning chap va oʻng tomonida asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari toʻliq bajarilgan, piyodalar yoʻlaklariga bruschatka yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda.
2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini koʻchirish, BNS svayaga karkas toʻqish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayni qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi toʻliq yakunlangan,
93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi
61 dona beton balkalari oʻrnatish, karkas toʻqish, deformatsion chok oʻrnatish, pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Tonnelning ustki qismida gidroizolyatsiya, tekis beton qatlami va asfalt qoplamasi toʻliq yotqizildi, ichki qismida yoʻl qurish ishlari uchun asos va 1-qatlam asfalt qoplamasi yotqizildi, fasad qismida pardozlash va armirovka ishlari, koʻchalar kesishmasining 2 ta xududida piyodalar uchun yoʻlaklar qurish ishlari amalga oshirilmoqda, texnik xonalarda armirovka va beton quyish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida aloqa, ichimlik suvi, oqova va gaz tarmoqlarini koʻchirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda. Obyekt hududida 2 ta yuqori kuchlanishli 110 kVt. havo elektr tarmogʻidan 1 ta elektr tarmogʻi koʻchirildi.
Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida tonnel obyekti qurilishida BNS svayalarga karkas toʻqish va svayalar uchun jami 119 ta (quduq) chuqur kovlangan, shundan 119 dona chuqurga beton olish ishlari bajarildi.
Temir yoʻl ustidan oʻtuvchi koʻprikda BNS svayalarga karkas toʻqish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Choʻpon Ota suv inshootida 8 dona suv quduqlarining paviloni buzish ishlari yakunlandi. Nasos stansiyalarini loyihalashtirish ishlari yakunlangan, ishlab chiqaruvchiga buyurtmalar berilgan. Eron Islom Respublikasidan ichimlik suv quvurlarini (D-200 dan D-1400 gacha boʻlgan) olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr quvurlar Choʻpon ota va Daxbed suv inshootlariga olib kelindi.
Hozirda ushbu olib kelingan quvurlarning (D-300-1400) 9259 m. uzunlikdagi qismi Choʻpon ota va (D-300-1400) 2778 m. uzunlikdagi qismi Daxbed suv inshootlarida montaj qilindi. Suv inshootlarida (quduq) burgʻulash ishlari olib borilmoqda, shundan 8 ta suv quduqlarida ishlar yakunlandi, 1 tasida burgʻulash ishlari amalga oshirilmoqda, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda. Mavjud nasos stansiyalari uchun olib kelinishi rejalashtirilgan 6 ta dizel generatorlarning 5 tasi olib kelindi. Soʻgʻdiyona nasos stansiyasining mavjud eski binosi oʻrnida loyiha boʻyicha qurilishi rejalashtirilgan yangi bino poydevori uchun katlovan qazish ishlari bajarilmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasi bilan kesishmasidan Gagarin koʻchasi kesishmasigacha D-500 boʻlgan 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan oʻtkazildi.
Amir Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Buyuk ipak yoʻli koʻchasi kesishmasi tomon (“Atlas” savdo majmuasi Gormolzavod) qoʻshimcha tarzda D-500 boʻlgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda.
Gagarin koʻchasida diametri D-100 boʻlgan 1000 metr, D-150 boʻlgan 1170 metr, D-200 boʻlgan 1950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 boʻlgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 332 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr oʻrnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.