w w w . s a m a r k a n d . u z

Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” investitsion loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 sentyabrdagi

PQ-372-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamg‘armasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilayotganligi haqida ma’lumot berilgan edi.

(https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida)

Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish”  sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,

1-LOT: Yo‘llar qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 2 ta yo‘lda, A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigagacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasini Gulobod ko‘chasidan M-37 avtomobil yo‘ligacha 9,2 km.  qismini qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, Pudratchi “New Tech Samarkand” MCHJ & “SinoIndustrial Tashkent” MCHJ & “Tekar Teknik Arastirma Ticaret Limited Sirketi” (O‘zbekiston/Turkiya) konsorsiumi tomonidan loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, A.Temur ko‘chasining 1-bosqich (Gagarin-Mirsaid Baraka ko‘chalari oralig‘i) qurilish ishlari boshlandi, yo‘l, irrigatsiya tizimlari, piyodalar yo‘laklarini demontaj ishlari olib borilmoqda.

fotolavhalar

 

Gagarin ko‘chasida buzilishga tushgan obyektlarni aniqlash, qurilish obyekti loyihasining qizil chizig‘ini belgilash ishlari olib borilmoqda.

 

2-LOT: Ko‘prik va Tonnellar qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 2 ta tonnel (Gagarin – M.Ulug‘bek kesishmasida 750 m., inshoot uzunligi 44 m.; Gagarin – Rudakiy kesishmasida 650 m., inshoot uzunligi 50 m.) va 2 ta ko‘prik (Gagarin ko‘chasidagi temiryo‘l ustida 78 m., Siyob kanali ustida 165 m.) qurilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, pudratchi “Me’mor Utkir Chovka LLC” & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” konsorsium tomonidan obyekt hududidagi kommunikatsiya tizimlarini ko‘chirish ishlari boshlandi, Shundan, Gagarin va M.Ulug‘bek kesishmasida elektr energiyasi, aloqa va oqova suv tarmoqlarini ko‘chirish ishlari olib borilmoqda, ishlar 2 smenada tashkil etilgan, diametri D-500 bo‘lgan 120 metr uzunlikda oqova suv quvur montaj qilindi, temiryo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prik atrofida to‘siq devorlari ko‘chirildi.

fotolavhalar

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi bo‘yicha:

Ushbu LOTda 6 ta nasos stansiyasi (Mulyon, L.Tolstoy, Mikrarayon A va B, Sagdiana, Oktyabrskaya, GorMolZavod), 2 ta suv inshootlarini (Dagbit va Cho‘pon ota) rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, pudratchi “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) konsorsium tomonidan loyihalashtirish ishlari bajarilmoqda.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish bo‘yicha:

Ushbu LOTda jami 11,2 km. ichimlik suv tarmoqlarini qurish, shundan A.Temur ko‘chasida Bo‘stonsaroy ko‘chaidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km. hamda Gagarin ko‘chasida 8,9 km. qurish ishlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda, pudratchi “MESMER-EAST LLC” (O‘zbekiston) & “GÜÇLÜ İNŞAAT” (Turkiya) konsorsium tomonidan Samarqand shahar A.Temur ko‘chasining Gagarin va Mirsaid Baraka ko‘chalari kesishmasida ishlar boshlangan bo‘lib, bunda D-500 bo‘lgan
1 161 metr uzunlikda tarmoq montaj ishlari yakunlandi, montaj qilingan 84,0 metr tarmoqlar pnevmatik ispitaniyadan o‘tkazildi.

fotolavhalar

 

Gagarin ko‘chasida qurilish ishlarini boshlash uchun D-1000 mm. bo‘lgan 3 012 metr hamda D-800 mm. Bo‘lgan 600 metr chugun truba olib kelindi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/04/2023 09:56.   Ko‘rilganligi: 518
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/tenders/abu-dabi-taraqqiyot-jamgarmasi-ishtirokida-samarqand-shahri-infratuzilmasini-modernizatsiya-qilish-investitsion-loyihasi-boyicha-amalga-oshirilayotgan-ishlar-togrisida254

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.