

.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasida jami 4,5 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasidan Gagarin ko‘chasigacha 2,3 km., Gagarin ko‘chasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha qo‘shimcha 2,2 km.) qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. A.Temur ko‘chasida 12-son maktab oldida yer osti piyodalar yo‘lagi qurildi, ishlar yakunlandi.
Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km. masofada qurilish ishlari yakunlandi, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bobur Mirzo ko‘chasigacha ko‘chasigacha 1,1 m. masofada 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Bobur Mirzo ko‘chasida ko‘chasida ko‘chasida 400 metr qismiga 1 qatlam asfalt yotqizildi, yo‘lning ikki tarafida piyodalar yo‘lagini qurish ishlari yakunlandi.
K.Bexzod ko‘chasida (SamDAQU) 870 metr 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Lolazor ko‘chasida 660 metr (SamDAQU hiyoboni) masofada 3 qatlam asfalt yozqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlandi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Guliston ko‘chasidan Gulobod ko‘chasi bo‘ylab ob’ektning 1,3 km. Qismida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagini qurish ishlari yakunlanmoqda.
Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li va A.Temur ko‘chalari kesishmasidan ushbu ko‘chaning M.Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 2,3 km. qismida 3 qatlam asfalt yotqizildi, piyodalar yo‘lagi qurildi.
Shuningdek, Imom al-Buxoriy majmuasiga kirish yo‘lining 600 metr qismi rekonstruksiya qilindi.

2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonneli, 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel qurilishida loyihadagi jami 729 dona svayalar uchun beton olish ishlari yakunlandi, shuningdek, 680 metr uzunlikda rostverg qurish ishlari yakunlandi, loyihadagi jami 54 dona 18 metrlik temir-beton balkalar to‘liq montaj qilindi, tonnelning ichki qatnov qismi va ikki yonidagi mahalliy yo‘lga asfalt yotqizilmoqda.
Rudakiy ko‘chasida 2 dona yer osti piyodalar yo‘lagi qurish ishlari 80% ga bajarilgan, yer osti piyodalar yo‘lagining ichki qismida fasad ishlari bajarilmoqda, ishlar davom etmoqda.
Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda 53 dona BNS svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi, 360 m3 rostverg qurildi, ishlar davom etmoqda.
Siyob kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikda 42 dona BNS svayaning
qurilish-montaj ishlari bajarildi, rostverg uchun karkaslarini o‘rnatish va beton olish ishlari bajarilmoqda, ishlar davom etmoqda.

3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, 37 ta suv quduqlari yangidan qurildi, nasos stansiyasi uchun yangi binoning metalokonstruksiya montaj qilish ishlari tugatilib sendvich panel qoplamalari montaj qilinmoqda, xlorlash binosining poydevor qismi qurilishi yakunlanib, metalokonstruksiya montaj qilish ishlari yakunlandi.
Dahbet suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, 9 ta suv quduqlari yangidan qurildi, transformatorlar montaj qilindi, inshootda binolar rekonstruksiya qilinmoqda, tom yopish ishlari, fasad qismini ta’mirlash ishlari yakunlandi, bino ichki pardozlash ishlari bajarilmoqda, xlorlash binosining poydevor qismi qurilishi yakunlanib, metalokonstruksiya montaj ishlari yakunlandi.
Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatilib, sinov tariqasida ishga tushirildi.
L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, ishlar davom etmoqda.
Gormolzavod nasos stansiyasida yangi binoning qurilish-montaj ishlari yakunlandi, 5 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Muliyon nasos stansiyasida asosiy binoni rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda, 2 ta nasos uskunalari o‘rnatildi, yaroqsiz uskunalar demontaj qilindi, binoning tom hamda fasad qismini ta’mirlash ishlari yakunlandi, ichki devorlar pardozlanmoqda.
Oktabrskaya nasos stansiyasida eski binoni demontaj qilish ishlari yakunlandi, yangi binoning metallokonstruksiya montaj qilinib, sendvich panel qoplamasi yakunlandi, 4 ta nasos uskunalari o‘rnatildi.
Mikrorayon A, B nasos stansiyasida yuqori kuchlanishli elektr montaj qilish ishlari yakunlandi, yangi binoning metallokonstruksiya montaj qilish hamda sendvich panel o‘rnatish ishlari yakunlandi.

4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lgan jami 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilindi, tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1 050 metr quvurlar montaj qilindi.
Gagarin ko‘chasida jami 9 022 metr (D-100 dan D-1000 gacha, shundan
D-1000 lik 4 332 metr) ichimlik suv tarmoqlar montaj qilindi, 610 metr kojoxlar o‘rnatildi. tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 1 478 metr tarmoq montaj qilindi, D-1420 bo‘lgan 24 metr prokol montaj qilindi, tarmoqni temir yo‘l ostidan o‘tkazish uchun gorizontal burg‘ulash ishlari (37 metr bajarildi) bajarilmoqda.
Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlar (kamera) o‘rnatili, Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha
D-500 bo‘lgan 690 metr tarmoq montaj qilindi, ichki tarmoqlarni montaj qilish ishlar yakunlandi.

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi yo‘l va ko‘prikni qurish:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH”
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 3,7 km. yo‘l va 2 ta ko‘prikni qurish bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 7 ta uchastkaga ajratilgan.
Ob’ektda 3,5 km. qum-shag‘al aralashmasi (GPS) yotqizildi, 2,5 km. asfalt yotqizildi, 1 ta ko‘prikning qurilish ishlari 80%ga bajarildi, 4,0 km. piyodalar yo‘lagiga sement-beton yotqizish va suv chiqarish lotoklarini montaj qilish ishlari bajarilmoqda, Ishlar davom etmoqda.

5-LOT: Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash:
Pudratchi: “Me’yor qurilish asfalt” MChJ QK & “2-son MKK” MChJ konsorsiumi
Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi 38,3 km. ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Pudratchi tomonidan qurilish ishlari boshlangan.
Loyihada jami 60 ta ko‘chalar ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgacha 30,8 km. shag‘al yotqizish va 20,4 km. asfalt yotqizish ishlari bajarildi, 1,5 km. piyodalar yo‘laklari qurildi. Ishlar davom etmoqda.

6-LOT: Samarqand shahar Qorasuv massivi yo‘llarini ta’mirlash:
Pudratchi: “Samarqand Uzbekgazsuv Qurilish” МЧЖ QК & “Ak-Zhol” MChJ konsorsiumi
1-uchastkada 1 km. 1 qatlam asfalt yotqizildi, 36 ta yoritish ustunlari o‘rnatildi;
2-uchastkada 700 metr to‘ldiruvchi qatlam asfalt yotqizildi, 1,4 km. uzunlikda bordyur o‘rnatildi, 22 ta yoritish ustunlari o‘rnatildi;
3-uchastkada 570 metr tekislovchi asfalt yotqizildi, 1,1 km. bordyur o‘rnatildi, 560 metr piyodalar yo‘lagi qurildi, 1 dona sug‘orish tizimi uchun skvajina qurildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.