.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan,
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasida (Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha) piyodalar yo‘laklarini qurish, tungi yoritish, svetofor qurilmalarini va yo‘l belgilarini o‘rnatish, obodonlashtirish, 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari 100 % yakunlandi.
A.Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi bilan kesishmasidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi kesishmasiga qadar yo‘lning chap va o‘ng tomonlarida 1000 m. asos tayyorlanib 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari bajarildi, piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari to‘liq bajarilgan, bugungi kunda avtomobillar to‘xtab turish joylari uchun beton lotoklar ustiga temir panjaralar o‘rnatilmoqda.
A.Temur ko‘chasining Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Turkiston ko‘chasi bilan kesishmasigacha yo‘lning chap va o‘ng tomonlarida asfalt yotqizish uchun asos qurish va mavjud tramvay yo‘lini ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
A.Temur ko‘chasining Turkiston ko‘chasi kesishmasidan S.Buxoriy ko‘chasigacha yo‘lning chap va o‘ng tomonida 710 m. uzunlikda yo‘lning asos qurish ishlari va 3-qatlam asfalt yotqizish ishlari to‘liq yakunlandi.
A.Temur va Gagarin ko‘chalari kesishmasidan Firdavsiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 500 m. aloqa tarmoqlarini ko‘chirishi ishlari va yo‘lning chap va o‘ng tomonlarida 2-qatlam 400 m. asfalt yotqizish ishlari to‘liq yakunlandi.
Gagarin va A.Temur ko‘chalari kesishmasidan boshlab M.Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasi tomon yo‘lning chap va o‘ng tomonida 1300 m. asos qurish ishlari,
3-qatlam asfalt yotqizish va piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari to‘liq yakunlandi, avtomobillar to‘xtab turish joylari uchun beton lotoklar ustiga temir panjaralar o‘rnatilmoqda. Gagarib va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan Navoiyshox ko‘chasi tomon yo‘lning o‘ng va chap tomonlarida 800 m. asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish, Gagarin ko‘chasining Navoiyshox ko‘chasi bilan kesishmasidan Bog‘dod ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar yo‘lning chap va o‘ng tomonida asos qurish va 2-qatlam asfalt yotqizish ishlari to‘liq bajarilgan, bugungi kunda piyodalar yo‘laklariga bruschatka yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish, BNS svayaga karkas to‘qish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayaning qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi to‘liq yakunlangan, 93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi 61 dona beton balkalari o‘rnatish, karkas to‘qish, deformatsion shof o‘rnatish, pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Tonnelning ustki qismida gidroizolyatsiya, tekis beton qatlami va asfalt qoplamasi to‘liq yotqizildi, ichki qismida 1-qatlam asfalt qoplamasi yotqizildi, xozirda ichki fasad qismida pardozlash ishlari bajarilmoqda, ko‘chalar kesishmasining 2 ta hududida piyodalar uchun yo‘laklar qurish ishlari va texnik xonalarda armirovka, beton quyish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida aloqa, ichimlik hamda oqova suvi, gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Ob’ekt hududida 2 ta yuqori kuchlanishli 110 kVt. havo elektr tarmog‘idan 1 ta elektr tarmog‘i ko‘chirildi.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va svayalar uchun jami 119 ta (skvajina) chuqur kovlangan, shundan 119 dona chuqurga beton olish ishlari bajarildi.
Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Cho‘pon Ota suv inshootida 8 dona suv quduqlarining paviloni (domik) buzish ishlari yakunlandi. Nasos stansiyalarini loyihalashtirish ishlari yakunlangan, ishlab chiqaruvchiga buyurtmalar berilgan.
Eron Islom Respublikasidan ichimlik suv quvurlarini (D-200 dan D-1400 gacha bo‘lgan) olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr quvurlar Cho‘pon ota va Daxbed suv inshootlariga olib kelindi.
Hozirda ushbu olib kelingan quvurlarning (D-300-1400) 9259 m. uzunlikdagi qismi Cho‘pon ota va (D-300-1400) 2978 m. uzunlikdagi qismi Daxbed suv inshootlarida montaj qilindi.
Suv inshootlarida (quduq) burg‘ulash ishlari olib borilmoqda, shundan 12 ta suv quduqlar yakunlandi, 2 tasida burg‘ulash ishlari amalga oshirilmoqda, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda.
Mavjud nasos stansiyalari uchun olib kelinishi rejalashtirilgan 6 ta dizel generatorlarning 5 tasi olib kelindi.
Sogdiana nasos stansiyasining mavjud eski binosi o‘rnida loyiha bo‘yicha qurilishi rejalashtirilgan yangi bino poydevori uchun katlovan qazish va beton olish ishlari bajarildi hamda Gormolzavod nasos stansiyasi o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan yangi bino poydevori uchun katlovan qazish ishlari davom ettirilmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lgan 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1050 metr quvurlar montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda.
Gagarin ko‘chasida diametri D-100 bo‘lgan 1000 metr, D-150 bo‘lgan 1170 metr, D-200 bo‘lgan 1950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 332 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr o‘rnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.