
.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining 2,3 km. qismi (Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi.
Shuningdek, ushbu shartnoma doirasida A.Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi kesishmasidan S.Buxoriy ko‘chasi kesishmasigacha 2,1 km. masofada qo‘shimcha ravishda qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi.
Hozirda ushbu ko‘chada ko‘kalamzorlashtirish ishlariga tayyorlarlik ko‘rilmoqda. Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasidan Bog‘dod ko‘chasigacha 3,3 km. masofada qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, Hozirda ushbu ko‘chada ko‘kalamzorlashtirish ishlariga tayyorlarlimk ko‘rilmoqda.
Gagarin ko‘chasining A.Temur ko‘chasi kesishmasidan Firdavsiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 400 metr masofada 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Lolazor ko‘chasida asos qurish ishlari yakunlanib, 1,4 km. masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, yo‘lning 220 metr qismida asos qurish ishlari yakunlanmoqda, irrigatsiya tizimlari montaj qilingan, 1 km. qismida piyodalar yo‘lagiga bruschatka terish ishlari bajarilmoqda.
Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining A.Temur ko‘chasidan Ali Qushchi ko‘chasigacha yo‘lning chap va o‘ng tarafida 1 km. masofada 2 qatlam asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, o‘ng tomonda piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari bajarilmoqda, yo‘lning Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha chap tarafida 700 metr masofada mavjud asfalt qoplamasi freza qilinmoqda, 500 metr masofada asos qurish ishlari bajarilmoqda.
2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida yer osti transport tonnelining qurilish ishlari to‘liq yakunlandi. Tonnelning ikki tarafaida (M.Ulug‘bek ko‘chasida) 2 ta yer osti piyodalar yo‘lagi qurilib, pardozlash ishlari bajarilmoqda, ishlar 95%ni tashkil etmoqda.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida aloqa tizimlari ko‘chirildi, ichimlik suvi, oqova va gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda, ishlar davom ettirilmoqda. Ob’ekt hududida 3 ta yuqori kuchlanishli 110 kVt. havo elektr tarmog‘i ko‘chirilib, tarmoq yer ostidan o‘tkazilmoqda, Rudakiy ko‘chasining Isloxot ko‘chasi bilan kesishmasida yo‘l ostidan oqova suv tarmog‘i olib o‘tilmoqda.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va 180 dona svayalar uchun beton olish ishlari bajarildi, rostverg uchun armokarkas o‘rnatish va beton olish ishlari olib borilmoqda, chap tomonda 120 metr uzunlikda va o‘ng tomonda 60 metr rostverg qurish ishlari yakunlandi.
Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Cho‘pon ota suv inshootida 9 439 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi.
Dahbet suv inshootida 3 160 m. masofada (D-300-1400) quvurlar montaj qilindi, inshootda binolarning poydevor qismini izolyatsiya qilish ishlari bajarilmoqda, hududda yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlarini montaj qilish ishlari yakunlandi, mavjud binoni izolyatsiya qilish ishlari bajarilmoqda.
Suv inshootlarida (quduq) burg‘ulash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, shundan 17 ta suv quduqlari yakunlandi, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda.
Sogdiana nasos stansiyasida yangi binoning metollokonstruksiya o‘rnatildi va hozirda sendvich panel montaj qishlari yakunlanmoqda, transformator va nasos uskunalari o‘rnatilmoqda.
L.Tolstoy nasos stansiyasida yangi binoning metollokonstruksiya qurilmasi o‘rnatildi va hozirda sendvich panel montaj qishlari yakunlandi, transformator va nasos uskunalari o‘rnatilmoqda.
Gormolzavod nasos stansiyasida sendvich panel montaj ishlari yakunlandi, transformator va nasos uskunalari o‘rnatilmoqda.
Muliyon nasos stansiyasida binoning poydevor qismini izolyatsiya qilish ishlari bajarilmoqda.
Oktabrskaya nasos stansiyasida qurilish davomida aholiga vaqtinchalik suv yetkazib berish uchun ichimlik suv quvurlari montaj qilindi, eski binoni demontaj qilish ishlari bajarilmoqda.
Mikrorayon A, B nasos stansiyasida qurilish-montaj ishlari boshlangan bo‘lib, qurilish davomida aholiga vaqtinchalik suv yetkazib berish uchun ichimlik suv quvurlari montaj qilinmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lga n 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1 050 metr quvurlar montaj qilindi.
Gagarin ko‘chasida diametri D-100 bo‘lgan 1 000 metr, D-150 bo‘lgan 1 170 metr, D-200 bo‘lgan 1 950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 332 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr o‘rnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.
Dahbet suv inshootidan Gagarin ko‘chasiga tomon diametri D-1000 bo‘lgan 270 metr tarmoq montaj qilindi.
Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasigacha mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlarini (kamera) o‘rnatish va Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha D-500 bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘ini yangisiga almashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda ko‘chaning Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasiga tomon
D-500 o‘lchamdagi 610 metr tarmoq montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.