.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8 sentyabrdagi PQ-372-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash doirasida Abu Dabi Taraqqiyot Jamgʻarmasi ishtirokida “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida maʼlumotlar berib borilmoqda.
Loyiha doirasida ish hajmlari 4 LOTga ajratilgan va pudrat kompaniyalar tomonidan obyektlarni “Qurilish ishlarini tayyor holda topshirish” (pod klyuch) sharti bilan qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan:
1-LOT: Yoʻllar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “New Tech Samarkand” MCHJ, “Sinoindustrial Tashkent” MCHJ, “Tekar Teknik Arastirma Ticharet Limited Sirketi” (Oʻzbekiston/Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasida (Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha) 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor, yo‘l belgilari o‘rnatish) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda ushbu yo‘lda yer osti piyodalar yo‘lagini qurish va obodonlashtirish ishlari davom bajarilmoqda.
A.Temur ko‘chasining Gagarin ko‘chasi kesishmasidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari, svetofor, yo‘l belgilari o‘rnatish) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi.
Amir Temur ko‘chasining Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Turkiston ko‘chasi kesishmasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari, svetofor) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi. Hozirda, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilmoqda.
A.Temur ko‘chasining Turkiston ko‘chasi bilan kesishmasidan S.Buxoriy ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, ko‘kalamzorlashtirish, tungi yoritish chiroqlari) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda svetofor qurilmalari va yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin ko‘chasining A.Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Gagarin-Firdavsiy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismida 400 metr masofada 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Gagarin-A.Temur ko‘chalari chorrahasidan Gagarin ko‘chasining Bog‘dod ko‘chasi bilan kesishmasigacha 3 qatlam asfalt yotqizilib, devordan devorgacha (yondosh ko‘chalarga asfalt yotqizish, piyodalar yo‘lagi, veloyo‘lak, avtomobillar to‘xtab turish joylari, irrigatsiya, tungi yoritish chiroqlari, svetofor,) qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlandi, hozirda ko‘kalamzorlashtirish va yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
Lolazor ko‘chasida asos qurish ishlari yakunlanib, 900 metr masofada 2 qatlam asfalt yotqizildi, yo‘lning 400 metr qismida asos qurish ishlari, 1 km. qismida piyodalar yo‘lagiga bruschatka terish ishlari bajarilmoqda.
Ushbu lot doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining A.Temur ko‘chasidan M.Ulug‘bek ko‘chasigacha qismini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangan bo‘lib, tramvay yo‘lini avtomobil yo‘li loyihasiga moslash (otmetka) ishlari bajarildi, hozirda A.Temur ko‘chasining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan ushbu ko‘chaning Ali Qushchi ko‘chasi bilan kesishmasiga qadar yo‘lning chap tarafida 1 km. masofada asos qurish, 2 qatlam asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, 900 metr masofada piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari yakunlandi, yo‘lning o‘ng tomonida 1 km.masofada piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari yakunlandi, asos qurish ishlari davom ettirilmoqda.
2-LOT: Koʻprik va Tonnellar qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “Me'mor Utkir Chovka LLCH” & “Shaanxi Road and Bridge Group CHo., Ltd” konsorsiumi
Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida kommunikatsiya tarmoqlarini ko‘chirish, BNS svayaga karkas to‘qish, beton quyish ishlari yakunlandi. Rejadagi 597 ta svayadan 597 ta svayni qurilish-montaj ishlari va 640 metr rostvergdan 640 metr qismi to‘liq yakunlangan, 93,4 metr tirgak devor qurish ishlari 100% bajarilgan. 18 metr uzunlikdagi 61 dona beton balkalari o‘rnatish, karkas to‘qish, deformatsion shof o‘rnatish, pardozlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Tonnelning ostki qismiga 3 qatlam asfalt yotqizish ishlari yakunlandi, tonnelning ustki qismida gidroizolyatsiya, tekis beton qatlami va asfalt qoplamasi to‘liq yotqizildi, ichki qismida 3-qatlam asfalt qoplamasi yotqizildi, ichki fasad qismida pardozlash ishlari yakunlandi.
Ko‘chalar kesishmasining 2 ta hududida yer osti piyodalar yo‘lagini qurish ishlari 90%ga bajarildi, ichki fasad va pol qismlariga granit terish ishlari bajarilmoqda.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida aloqa tizimlari ko‘chirildi, ichimlik suvi, oqova va gaz tarmoqlarini ko‘chirish ishlari yakuniga yetkazilib, ishlar davom ettirilmoqda. Ob’ekt hududida 3 ta yuqori kuchlanishli 110 kVt. havo elektr tarmog‘i ko‘chirildi.
Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel ob’ekti qurilishida BNS svayalarga karkas to‘qish va 119 dona svayalar uchun beton olish ishlari bajarildi, rostverg uchun armokarkas o‘rnatish va beton olish ishlari olib borilmoqda.
Temir yo‘l ustidan o‘tuvchi ko‘prikda BNS svayalarga karkas to‘qish, 3 dona svayaning qurilish-montaj ishlari bajarildi.
3-LOT: Suv inshootlari qurilishi boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
Ob’ektning loyihalashtirish ishlari yakunlangan va loyiha hujjatlari ekspertizaga taqdim qilingan. Loyihalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Cho‘pon ota, Dahbet, L.Tolstoy, Oktabrskaya, Gormolzavod, Muliyon suv inshootlari bo‘yicha ekspertiza ijobiy xulosasi olindi.
Daniya Respublikasining “GRUNFOS” kompaniyasidan 82 ta ichimlik suv quduqlari uchun nasoslar keltirildi, Germaniyaning “Siemens Innomotics” kompaniyasidan rejadagi nasoslar uchun jami 35 ta dvigatellar Cho‘pon Ota suv inshootiga keltirildi.
Mavjud nasos stansiyalari uchun Turkiya davlatidan 6 ta dizel generatorlar hamda binolari uchun Eron Islom Respublikasidan metollokonstruksiyalar, Hindistondan transformatorlar olib kelindi.
Eron Islom Respublikasidan ichimlik suv quvurlarini (D-200 dan D-1400 gacha bo‘lgan) olish uchun buyurtma berilgan, hozirgi kunda 15 534 metr quvurlar Cho‘pon ota va Dahbed suv inshootlariga keltirildi.
Bugungi kunga qadar, quvurlarning (D-300-1400) 9 439 m. uzunlikdagi qismi Cho‘pon ota va (D-300-1400) 3 160 m. uzunlikdagi qismi Daxbed suv inshootlarida montaj qilindi.
Suv inshootlarida (quduq) burg‘ulash ishlari olib borilayotgan bo‘lib, shundan 15 ta suv quduqlarida burg‘ulash ishlari yakunlandi, mavjud 8 ta suv quduqlari tozalandi, ishlar davom ettirilmoqda.
Sogdiana, Gormolzavod, L.Tolstoy nasos stansiyalarida yangi binoning metollokonstruksiya ishlari yakunlandi.
Oktabrskaya va Mikrorayon A, B nasos stansiyalarida ishlar boshlandi, qurilish davomida aholiga vaqtinchalik suv yetkazib berish uchun ichimlik suv quvurlari montaj qilinmoqda.
4-LOT: Suv tarmoqlarini qurish boʻyicha:
Pudratchi: “MESMER-EAST LLCH” (Oʻzbekiston) & “GÜÇLÜ İNSHAAT” (Turkiya) konsorsiumi
A.Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi kesishmasidan Gagarin ko‘chasi kesishmasigacha D-500 bo‘lga n 2 255 metr uzunlikda tarmoq montaj qilinib, ishlar yakunlandi, montaj qilingan tarmoqlar gidravlik sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘chaning Gagarin ko‘chasi kesishmasidan boshlab “Atlas” savdo majmuasi (Gormolzavod) kesishmasi tomon qo‘shimcha tarzda D-500 bo‘lgan 1 050 metr quvurlar montaj qilindi.
Gagarin ko‘chasida diametri D-100 bo‘lgan 1 000 metr, D-150 bo‘lgan 1 170 metr, D-200 bo‘lgan 1 950 metr (temir quvur) tarmoq, D-800 bo‘lgan 570 metr tarmoq montaj qilindi, D-1000 lik 4 332 metr tarmoq montaj qilindi, D-1400 lik kojox 610 metr o‘rnatildi, ishlar davom ettirilmoqda.
Ushbu lot doirasida qo‘shimcha tarzda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasiga qadar mavjud suv tarmog‘iga ikkilamchi quvurlarni tortish va 3 dona suv quduqlarini (kamera) o‘rnatish va Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasigacha D-500 bo‘lgan ichimlik suv tarmog‘ini yangisiga almashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, hozirda ko‘chaning Ali Qushchi ko‘chasidan Narpay ko‘chasiga tomon D-500 o‘lchamdagi 540 metr tarmoq montaj qilindi, ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.