Press-tur ishtirokchilari Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialining yangi binosini borib ko‘rishdi.
Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida binoni “Samtibloyiha” MChJ quruvchilari barpo etishmoqda. Qurilish ishlari 2019-yilning oktyabr oyida boshlangan. 2022-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan mazkur bino 330 o‘ringa mo‘ljallangan. Og‘ir bemorlar uchun 45 o‘rinli alohida reanimatsiya bo‘limi bor. Mazkur tibbiyot muassasasini qurilish va jihozlash uchun esa 108 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda OAV va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davron Jumaniyazov axborot berdi.
Markaz uchun Butunjahon taraqqiyot bankining shoshilinch yordamni rivojlantirish loyihasi asosida 3.513.300 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘ga MSKT, angiograf, zamonaviy endoskoplari, UTT apparatlari, laparoskoplar, laboratoriya uskunalari va boshqa yangi texnologiyalarni olib kelish rejalashtirilgan.
2021-yil RShTYoIM Samarqand filiali uchun byudjet mablag‘laridan 278.420.000 so‘mga yangi apparatura va asbob uskunalar olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.