w w w . s a m a r k a n d . u z

RSHTYOIM Samarqand filialining Qorasuv massivida yangi binosi qurilmoqda

RSHTYOIM Samarqand filialining Qorasuv massivida yangi binosi qurilmoqda

Press-tur ishtirokchilari Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialining yangi binosini borib ko‘rishdi.

Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida binoni “Samtibloyiha” MChJ quruvchilari barpo etishmoqda. Qurilish ishlari 2019-yilning oktyabr oyida boshlangan. 2022-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan mazkur bino 330 o‘ringa mo‘ljallangan. Og‘ir bemorlar uchun 45 o‘rinli alohida reanimatsiya bo‘limi bor. Mazkur tibbiyot muassasasini qurilish va jihozlash uchun esa 108 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda OAV va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davron Jumaniyazov axborot berdi.

Markaz uchun Butunjahon taraqqiyot bankining shoshilinch yordamni rivojlantirish loyihasi asosida 3.513.300 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan. Mazkur mablag‘ga MSKT, angiograf, zamonaviy endoskoplari, UTT apparatlari, laparoskoplar, laboratoriya uskunalari va boshqa yangi texnologiyalarni olib kelish rejalashtirilgan.

2021-yil RShTYoIM Samarqand filiali uchun byudjet mablag‘laridan 278.420.000 so‘mga yangi apparatura va asbob uskunalar olingan.


Oxirgi o‘zgarish: 17/10/2023 11:55.   Ko‘rilganligi: 262
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/press-releases/rshtyoim-samarqand-filialining-qorasuv-massivida-yangi-binosi-qurilmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.