w w w . s a m a r k a n d . u z

YUNESKOning yangi bosh direktori saylandi

YUNESKOning yangi bosh direktori saylandi

YUNESKO Bosh konferensiya 43-sessiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yalpi majlisida tashkilotga yangi bosh direktor saylandi.

Joriy yilning 6-oktabr kuni YUNESKO Ijroiya qo‘mitasining sessiyasida tashkilotning yangi Bosh direktori lavozimiga misrlik Xolid Ahmad al-Ananiy nomzodi ko‘rsatilgan va u 58 ovozdan 55 tasini olgan edi.
Bugun tashkilotga a’zo davlatlar vakillari Xolid al-Ananiyni YUNESKO Bosh direktori lavozimiga sayladilar va u tashkilotning 12-bosh direktori sifatida noyabr oyining o‘rtalarida o‘z faoliyatini boshlaydi.
Majlisda Xolid an-Ananiy so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi hamda dunyo bo‘ylab YUNESKOning maqsad va ezgu g‘oyalarini amalga oshirishda tashkilotga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamjihatlikda ishlashini bildirdi.
Xolid Ahmad al-Ananiy 1971-yilda tug‘ilgan. Fransiyadagi Monpelye Pol-Valeri universitetida misrshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan. U 2014-2016-yillarda Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyini boshqargan, 2016-yildan 2022-yilgacha Misr Arab Respublikasi qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri, keyin esa turizm va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish vaziri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Xolid al-Ananiy Bosh direktor lavozimiga rasman tasdiqlanganidan so‘ng “Kelajak ta’limi”, “Intellektual meros”, “Bioxilma-xillik”, “Etika va sun’iy intellekt” kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, YUNESKOni 2017-yildan buyon fransiyalik Odri Azule xonim boshqarib kelayotgan edi va u ikki muddat tashkilot bosh direktori etib saylangandi. 5-noyabr kuni Odri Azule xonim 43-sessiya o‘ninchi majlisida o‘zining yakuniy hisobot ma’ruzasini taqdim etgandi.


Kiritilgan vaqti: 06/11/2025 22:10.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yuneskoning-yangi-bosh-direktori-saylandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing