w w w . s a m a r k a n d . u z

Yoshlar markazida yangi o’quv markazi ochildi

Yoshlar markazida yangi o’quv markazi ochildi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Samarqand viloyati Yoshlar markazida tashkil etilgan yangi o‘quv markazining ochilishida ishtirok etdi.

Mazkur markaz yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallashi hamda kelgusida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.


Ochilish marosimidan so‘ng A.Sa’dullayev markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Suhbat davomida o‘quvchilarning ta’lim jarayoni, qiziqishlari, kelgusidagi rejalari va o‘z ustida ishlash borasidagi fikrlari tinglandi.

Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar — nafaqat yangi bilim olish, balki aniq maqsad sari dadil qadam tashlash uchun muhim maydondir.


Kiritilgan vaqti: 21/09/2026 19:41.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yoshlar-markazida-yangi-oquv-markazi-ochildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing