


Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Samarqand viloyati Yoshlar markazida tashkil etilgan yangi o‘quv markazining ochilishida ishtirok etdi.
Mazkur markaz yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallashi hamda kelgusida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.

Ochilish marosimidan so‘ng A.Sa’dullayev markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Suhbat davomida o‘quvchilarning ta’lim jarayoni, qiziqishlari, kelgusidagi rejalari va o‘z ustida ishlash borasidagi fikrlari tinglandi.
Yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar — nafaqat yangi bilim olish, balki aniq maqsad sari dadil qadam tashlash uchun muhim maydondir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.