w w w . s a m a r k a n d . u z

Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda hech kim chetda turmasligi zarur

Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda hech kim chetda turmasligi zarur

Bugun viloyat hokimligida yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi o’tkazildi. Unda viloyat sektor rahbarlari va qator tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 

Paxtachi tumanining “Toma” va “Yobu” hamda Pastdarg’om tumanining “Turkman” mahallalari misolida kun tartibidagi masala atroflicha ko’rib chiqildi.

Ushbu mahallalarda yashovchi yoshlar tomonidan tan jarohati yetkazish, bezorilik, shuningdek, aldov va firibgarlik jinoyatlari sodir etilishi, ushbu jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo’lgan omillar birma-bir muhokama etildi.

Ushbu holatlarda jinoyatni oldini olishga mas’ul bo’lganlarning hisoboti tinglandi.

Qonun barchaga barobar ekanligi, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatga jazo muqarrarligi, yoshlar jinoyatchiligini oldini olishda hech kim chetda turmasligi zarurligi haqida muhokamada so’z yuritildi.

Yakunda mas’ullarga salbiy holatlarni oldini olish, takroran jinoyat sodir etilishiga yo’l qo’ymaslik, aholi va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar bo’yicha topshiriq va ko’rsatmalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 07/11/2023 18:56.   Ko‘rilganligi: 263
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yoshlar-jinoyatchiligini-oldini-olishda-hech-kim-chetda-turmasligi-zarur

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.