w w w . s a m a r k a n d . u z

Yaponiyaning "Xattori" oshpazlik maktabi Samarqandda oshpazlik ta’limini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Yaponiyaning "Xattori" oshpazlik maktabi Samarqandda oshpazlik ta’limini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

450 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Yaponiyaning «Xattori» oshpazlik maktabi Samarqand viloyatida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida.

Maktab oshpazlik san’ati yo‘nalishida sertifikatlashtirish kurslari hamda o‘quv dasturlariga ixtisoslashgan.
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev bilan o‘tkazilgan uchrashuvda maktab direktori Someya Yosiniko bu borada hamkorlik qilish maqsadida ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ushbu oshpazlik maktabi va samarqandlik tadbirkor hamkorligida 15 nafar yoshlar yapon tiliga o‘qitilgan. Keyingi bosqichda yapon milliy taomlari asoslari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun mos o‘quv binosi talab etiladi.
Mehmonlar Samarqandda yapon oshxonasi uchun malakali oshpazlarni tayyorlashga tayyor ekanini bildirishdi. Uchrashuvda mazkur loyihaning amalga oshirilishi gastronomik turizmni rivojlantirish va hududda turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqandda yapon oshxonasiga bo‘lgan qiziqish haqida gapirib, ular tomonidan tayyorlanadigan taomlar parhezbopligi bilan ajralib turishini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, turizm xizmatlarini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilishi alohida qayd etildi.
– Samarqand - boy tarixga ega va yangi madaniyatlarga ochiq turizm markazi. Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash xizmatlar sifatini oshirish, gastronomik takliflarni kengaytirish va hududni mehmonlar uchun yanada jozibador etish imkonini beradi, – dedi Adiz Boboyev. Viloyat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuvda mas’ullar tomonidan yapon mutaxassislari professional kurslarni tashkil etishi mumkin bo‘lgan bir nechta o‘quv binolari taklif etildi.
Maktab vakillari ushbu takliflar bilan tanishib chiqib, mos obyekt tanlanganidan so‘ng ushbu loyihani amalga oshirishga kirishadi.

Kiritilgan vaqti: 23/12/2025 14:41.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yaponiyaning-xattori-oshpazlik-maktabi-samarqandda-oshpazlik-talimini-yolga-qoyishni-rejalashtirmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing