w w w . s a m a r k a n d . u z

Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Samarqandda 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quradi

Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi Samarqandda 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quradi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaning "Sojitz" kompaniyasi vakili Yasuhide Machida bilan muzokara o‘tkazdi.

Unda Samarqandda tibbiyot sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish, ya’ni zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish masalasi muhokama etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Sojitz” kompaniyasi vakillari bundan oldin ham 2 marta Samarqandda bo‘lib, viloyat hokimligi mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. Jumladan, 2025-yilning fevral oyida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Yaponiyaning “Sojitz” kompaniyasi vakili Yasuhide Machida hamda “Ronesans International” kompaniyasi raisi Jem O‘zoguz bilan uchrashuv o‘tkazib, Yaponiya va Turkiya bilan mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish va kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishgan edi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida DXSH tamoyili asosida 800 o‘rinli, ko‘p tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish loyihasi ko‘rib chiqildi. Loyiha Samarqand shahrining “Shirin” massivida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 25/07/2025 22:20.   Ko‘rilganligi: 40
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yaponiyaning-sojitz-kompaniyasi-samarqandda-800-orinli-kop-tarmoqli-tibbiyot-markazi-quradi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing