w w w . s a m a r k a n d . u z

Yaponiyada oʻquv qoʻllanma muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi

Yaponiyada oʻquv qoʻllanma muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi

Yaponiya umumtaʼlim maktablariga moʻljallangan “Jahon tarixi” fani oʻquv qoʻllanmasining muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi.

Yaponiya umumtaʼlim maktablari oʻquvchilariga (9-12 sinflar uchun) moʻljallangan “Jahon tarixi” fani oʻquv qoʻllanmasining muqovasi Samarqandning jahonga mashhur “Registon” maydonida joylashgan “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ushbu oʻquv qoʻllanma Yaponiyaning yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” noshirlik-uyi tomonidan chop etildi. Joriy yilning aprel oyidan boshlanadigan yangi oʻquv yilida undan tarix fanidan qoʻllanma sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan.


Oxirgi o‘zgarish: 13/03/2023 18:32.   Ko‘rilganligi: 234
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yaponiyada-oquv-qollanma-muqovasi-sherdor-madrasasi-surati-bilan-bezatildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.