w w w . s a m a r k a n d . u z

Yangi investitsion loyihalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi

Yangi investitsion loyihalar va eksportni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi

Mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish borasidagi ishlar natijasida so‘nggi yillarda har bir tuman va shaharga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi.

Eksportyor korxonalar soni ko‘paydi. Eksport qilinayotgan mahsulot turlari ham bir baravarga ko‘payib, sal kam 3 mingtaga yetdi. Bugungi kunda viloyatimizning eksport geografiyasi 160 dan ortiq mamlakatni tashkil etmoqda. Tayyor mahsulot eksporti 2 baravarga, ularning tovarlar eksportidagi ulushi 60 foizga yaqinlashdi.

Bu sur’atni izchil davom ettirib, joriy yilda Samarqand viloyatida umumiy qiymati 2 milliard AQSH dollaridan ko‘proq bo‘lgan 500 dan ortiq yangi loyihani amalga oshirish belgilangan. Va bu maqsadga asosan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali erishish rejalashtirilgan.

Ayni paytda ushbu loyihalarni amalga oshirib, xalq manfaatiga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda aynan shu masalalar, yangi investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish va eksportni qo‘llab quvvatlash borasidagi ishlar muhokama etildi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari hamda mutasaddilar bu borada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobot berishdi.

Har bir hisobot atroflicha muhokama etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tarmoq mutasaddilariga aniq vazifalar belgilab berildi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ayni paytdagi natijalar yetarli emasligi, bundan ikki-uch karra ko‘proq harakat qilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga muammo yuzaga kelganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyat hokimiga murojaat qilishlari mumkinligini hamda hokimlik ularga ko‘makchi bo‘lishini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida ishga tushadigan loyihalar ijrosini hududlar va komplekslar kesimida haftalik nazorat qilib, muammolarga yechim topish zarurligi, tashqi bozorlarni tahlil qilib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 09/06/2023 08:54.   Ko‘rilganligi: 361
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yangi-investitsion-loyihalar-va-eksportni-qollab-quvvatlash-masalalari-muhokama-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.