w w w . s a m a r k a n d . u z

Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik Xitoy xalq jamiyati raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik Xitoy xalq jamiyati raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik Xitoy xalq jamiyati raisi Yan Vanmin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tomonlar har ikki davlat rahbarining amaliy sa’y-harakatlari tufayli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, chuqur strategik sheriklik darajasiga chiqqanini ta’kidladilar.
Viloyat rahbari Adiz Boboyev bugungi kunda Samarqand viloyati Xitoy Xalq Respublikasining 9 ta hududi bilan birodarlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganini, jumladan, Guanchjou, Tyanszin va Urumchi kabi yirik sanoat markazlari bilan hamkorlik qilinayotganini qayd etdi. Xitoy hudud uchun muhim iqtisodiy hamkorga aylangani, arxeologiya, ta’lim va turizm sohalaridagi qo‘shma loyihalar esa yuqori natijalar berayotgani ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Yan Vanmin hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikkinchi hududlararo hamkorlik forumining muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi. U joriy yil may oyi oxiriga qadar uchinchi forumni o‘tkazish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi. Mazkur forum erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamda investisiyaviy sohalarda yangi natijalarga erishishda muhim ahamiyatga eg bo‘lishi aytildi.
Uchrashuvda hududlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda tomonlar hududlar uchun manfaatli va umumiy taraqqiyotga xizmat qiladigan amaliy muloqotni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 08/05/2026 22:19.   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xorijiy-mamlakatlar-bilan-dostlik-xitoy-xalq-jamiyati-raisi-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing