Samarqand viloyatidagi ayrim nomsiz aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 9-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 27 sentyabrdagi ekspertiza xulosasi hamda Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2022 yil 26 avgustdagi (13-13/288-son) yig‘ilish bayonnomasini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq yetmish oltinchi sessiyasi QAROR QILADI:
1. Jomboy tumanidagi nomsiz aholi punktlarining nomlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi (Jabborov), viloyat statistika boshqarmasi (Abdiyev), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (Quvondiqov), Jomboy tumani hokimi (Sobirov) mazkur qarorning ilovasida ko‘rsatilgan aholi punktlari nomlarini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
3. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (Mamatov), Jomboy (Sobirov) tumani hokimligi nomlangan aholi punktlariga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
4. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (Quvondiqov), viloyat qurilish bosh boshqarmasi (Hamidov), Jomboy (Sobirov) tumani hokimligi birgalikda nomlangan aholi punktlariga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarining o‘rnatilishini ta’minlasin.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (A.Anvarov) mazkur qarorning “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalarida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi E. Turdimov
2022 yil 15 noyabr
Qarorni yuklab olish (PDF 280 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.