Bugun Samarqand viloyati rahbari Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va savdo yo‘nalishlarida hamkorlik qilish maqsadida qator xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan,
- “Beijing Yanling Jiaye Intelligent Technology Co., LTD” kompaniyasi bilan viloyatda logistika sanoat parkini tashkil etish;
- “Dawan” korporatsiyasi bilan ta`lim sohasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi;
- “China Railway 20th Bureau Group Corporation Limited” korxonasi bilan volfram va qalay rudalarini qazib olishni tashkil etish;
- “WUYE Holding” kompaniyasi bilan kichik gidroelektr stantsiyalarini tashkil etish;
- “Fujian Changhong building materials Co.,LTD” kompaniyasi bilan granit mahsulotlari ishlab chiqarish;
- “Tianjin Baili Machinery and Equipment Group Co., Ltd” kompaniyasi bilan shamol stantsiyalari uchun uskunalar ishlab chiqarish;
- “Shenke Technology Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan esa elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.