w w w . s a m a r k a n d . u z

Xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv

Xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv

Bugun Samarqand viloyati rahbari Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va savdo yo‘nalishlarida hamkorlik qilish maqsadida qator xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Xususan,

- “Beijing Yanling Jiaye Intelligent Technology Co., LTD” kompaniyasi bilan viloyatda logistika sanoat parkini tashkil etish;

- “Dawan” korporatsiyasi bilan ta`lim sohasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi;

- “China Railway 20th Bureau Group Corporation Limited” korxonasi bilan volfram va qalay rudalarini qazib olishni tashkil etish;

- “WUYE Holding” kompaniyasi bilan kichik gidroelektr stantsiyalarini tashkil etish;

- “Fujian Changhong building materials Co.,LTD” kompaniyasi bilan granit mahsulotlari ishlab chiqarish;

- “Tianjin Baili Machinery and Equipment Group Co., Ltd” kompaniyasi bilan shamol stantsiyalari uchun uskunalar ishlab chiqarish;

- “Shenke Technology Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan esa elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.


Kiritilgan vaqti: 17/01/2025 09:46.   Ko‘rilganligi: 32
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xitoylik-tadbirkorlar-bilan-uchrashuv

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing