w w w . s a m a r k a n d . u z
Xitoy kompaniyasi viloyatimizda korxona ochishga qiziqish bildirmoqda
Xitoy kompaniyasi viloyatimizda korxona ochishga qiziqish bildirmoqda
So‘nggi yillarda xitoylik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan hamkorlikka tobora qiziqish bildirmoqda.
Xitoyning "Zhejiang Junsheng Energy" kompaniyasining investisiya va strategiya bo’yicha bosh direktori Wangjun Zhang ham ana shunday investorlardan biri.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bilan uchrashuvda u "Zhejiang Junsheng Energy" kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Wangjun Zhangning
so’zlariga ko’ra, "Zhejiang Junsheng Energy" kompaniyasi barcha turdagi plastmassa buyumlari, avtomobillarning plastmassadan tayyorlanadigan qismlarini ishlab chiqaradi va eksport qiladi.
Xitoylik investor 15 mln AQSH dollari qiymatidagi loyihani ya’ni yuqorida nomlari tilga olingan buyumlarni Samarqandda ishlab chiqarmoqchi. Agar loyiha ishga tushsa 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi,- dedi Wangjun Junsheng.
Viloyat rahbari investorning loyihasini qo’llab-quvvatlashini bildirib o’tar ekan bugun yurtimizda xususan, Samarqandda plastmassa buyumlariga talab mavjudligi, ishlab chiqarish hajmini oshirgan holda korxona mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha ham puxta ishlab chiqilgan konsepsiya asosida ish olib borish muhimligini aytdi.
Biz investorlarga qonun doirasida ko’maklashishga doimo tayyormiz, shunday ekan yurtimizda investorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida Xitoylik hamkorlaringizga ham ma’lumot berib, ularni ham bu ishlarga jalb etishingiz mumkin,- dedi Adiz Boboyev.
Oxirgi o‘zgarish: 25/02/2025 10:18.
Ko‘rilganligi: 15
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xitoy-kompaniyasi-viloyatimizda-korxona-ochishga-qiziqish-bildirmoqda