w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalqaro markazga tashrif

Xalqaro markazga tashrif

Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida o‘nlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida ma’lumot berildi.

Muzeydagi tarixiy ashyolar va turli davrlarga oid Qur’on va boshqa muqaddas kitoblar nusxalari, buyuk muhaddisning hayoti xronologik tartibda ishlangan suratlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Singapur Prezidenti Hadis maktabida ham bo‘ldi va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar hamda tinglovchilar bilan suhbatlashdi.

Maktabda hadis ilmini o‘rganayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berildi.

Halima Yaqub xonim hadis maktabi tinglovchilari bilan birga suratga tushdi.


Kiritilgan vaqti: 25/05/2023 12:42.   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xalqaro-markazga-tashrif

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.