Samarqandda o‘tkazilayotgan “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari bugun joylarga chiqqan holda
mahallalar faoliyati, ularda faollar uchun yaratilgan sharoit, aholining turmush darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishmoqda.
Birinchi manzil Samarqand shahridagi Charmgari mahallasi bo‘ldi. 3365 nafar fuqaro istiqomat qiladigan mahallada 4 ta xususiy o‘quv markazi, 52 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritadi. Ayni kunda faollar asosiy e’tiborini mahalla infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratgan. Konferensiya ishtirokchilari faollar va fuqarolar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.
Keyingi manzil Samarqand tumanidagi Konigil mahallasi bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.