w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari mahallalarga chiqdi

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari mahallalarga chiqdi

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari bugun joylarga chiqqan holda

mahallalar faoliyati, ularda faollar uchun yaratilgan sharoit, aholining turmush darajasini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishmoqda.

Birinchi manzil Samarqand shahridagi Charmgari mahallasi bo‘ldi. 3365 nafar fuqaro istiqomat qiladigan mahallada 4 ta xususiy o‘quv markazi, 52 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyat yuritadi. Ayni kunda faollar asosiy e’tiborini mahalla infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratgan. Konferensiya ishtirokchilari faollar va fuqarolar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishmoqda.


Keyingi manzil Samarqand tumanidagi Konigil mahallasi bo‘ladi.


Oxirgi o‘zgarish: 04/10/2024 15:38.   Ko‘rilganligi: 131
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xalqaro-konferentsiya-ishtirokchilari-mahallalarga-chiqdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.