w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalqaro investitsiyaviy hamkorlik: yangi imkoniyatlar sari qadam

Xalqaro investitsiyaviy hamkorlik: yangi imkoniyatlar sari qadam

Indoneziyada o‘tkazilgan "O‘zbekiston–Indoneziya hamkorlik forumi" doirasida 

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Indoneziyaning "PT Fin CenterIndo Satu" kompaniyasi rahbari bilan uchrashib, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va investitsiya muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralarda Samarqandda “Islamic Economy Center” tashkil etish loyihasiga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu markaz halol turizm, ta’lim va islomiy moliya yo‘nalishlarini birlashtirgan holda, hududda yangi iqtisodiy modelni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish, xususan Indoneziyadan sayyohlar oqimini oshirish hamda “Imam Bukhari – Wali Songo” ziyorat turizmi yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bu tashabbus Samarqandda xalqaro ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan.
Uchrashuvda investitsiya sohasida mehmonxona infratuzilmasini kengaytirish, zamonaviy turizm obyektlarini barpo etish va halol xizmatlar sektorini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Islom moliyasi bo‘yicha ta’lim dasturlarini joriy etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga ham kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va Samarqandni islomiy iqtisod hamda ziyorat turizmi markaziga aylantirish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 07/04/2026 15:13.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xalqaro-investitsiyaviy-hamkorlik-yangi-imkoniyatlar-sari-qadam

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing