w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalqaro forum ishtirokchilari kuzatib qo‘yildi

Xalqaro forum ishtirokchilari kuzatib qo‘yildi

Samarqandda shu yilning 9–10-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan «I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li» mavzusidagi nufuzli anjuman o‘z ishini yakunladi.

Forum doirasida dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan olimlar, ulamolar, davlat va jamoat arboblari o‘zaro muloqot qilib, islom sivilizatsiyasining boy ilmiy-ma’naviy merosi, tinchlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Kecha viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqand temiryo‘l vokzalida forum ishtirokchilarini kuzatib qo‘ydi.
Xorijlik ishtirokchilar forumning yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazilgani, yaratilgan qulay sharoitlar hamda Samarqandga xos samimiy va sharqona mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdilar.
Ular qadimiy va navqiron Samarqandda o‘tgan mazkur xalqaro forum nafaqat ilmiy muloqot maydoni, balki turli xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim platformaga aylanganini alohida ta’kidladilar.
Mazkur xalqaro forum Samarqandning jahon ilm-fani va sivilizatsiyalar muloqoti markazlaridan biri sifatidagi nufuzini yana bir bor namoyon etib, O‘zbekistonning tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Kiritilgan vaqti: 11/07/2026 16:20.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/xalqaro-forum-ishtirokchilari-kuzatib-qoyildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing