w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari YUNESKOning yangi Bosh direktori bilan birgalikda madaniy meros obyektlarida bo‘ldi

Viloyat rahbari YUNESKOning yangi Bosh direktori bilan birgalikda madaniy meros obyektlarida bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev YUNESKOning yaqinda saylangan Bosh direktori Xolid Ahmad al-Ananiy bilan birgalikda Samarqanddagi bir qator madaniy meros obyektlarida bo‘ldi.

Jumladan, Registon majmuasi, Shohi Zinda yodgorligi, Amir Temur maqbarasi va masjidi bilan tanishuv chog’ida madaniy meros obyektlarini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Misr Arab Respublikasining sobiq madaniyat vaziri bo‘lgan Xolid Ahmad al-Ananiy 2025-yil 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya qo‘mitasi sessiyasida tashkilotning Bosh direktori lavozimiga saylangan edi. 6-noyabr kuni Samarqandda 43-sessiyada YUNESKOga a’zo davlatlar vakillari ham uning nomzodini ma’qulladi.
Madaniy yodgorliklarni ko‘zdan kechirish jarayonida Samarqandning boy merosini asrab-avaylash, tarixiy obidalarni restavratsiya qilish va ularni kelajak avlodga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ahmad al-Ananiy Imom Buxoriy majmuasini ham ziyorat qildi. Bu yerda Qur’on tilovat qilindi hamda bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi. Majmuaning zamonaviy me’moriy uslubda, ulug‘ muhaddis olimning maqomiga munosib tarzda qayta barpo etilayotgani e’tirof etildi.
Mehmonlar majmuada tashkil etilgan innovatsion muzeyni ham ko‘zdan kechirdilar. Muzeyda Qur’oni karimda ismlari tilga olingan 25 payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, hayotlari va hadis ilmining rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar joy olgan.
Samarqand obidalari bilan tanishuv chog‘ida viloyat rahbari Adiz Boboyev YUNESKO bilan hamkorlik Samarqandning jahon madaniy maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Madaniy meros ob’yektlari bilan tanishuv jarayonida tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslar yuzasidan kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 08/11/2025 21:38.   Ko‘rilganligi: 100
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-yuneskoning-yangi-bosh-direktori-bilan-birgalikda-madaniy-meros-obyektlarida-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing