w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari ta'lim muassasalarida bo‘ldi

Viloyat rahbari ta'lim muassasalarida bo‘ldi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Jumladan, musiqa fani dars jarayonlarini kuzatdi. Sport zali va suzish havzasi, maktab oshxonasidagi sharoitlarni ko‘rdi. Maktabning faol o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan burchaklar, startap loyihalari va to‘garaklar faoliyati haqida gapirib berishdi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Samarqand shahridagi "TIMURFAYZ" SHCOOL xususiy maktabida bo‘ldi.Ushbu maktabga 2007-yil asos solingan bo‘lib, dastlab, maktabgacha ta’lim tashkiloti sifatida faoliyat boshlagan. 2018-yildan ushbu bog‘cha negizida qo‘shimcha tarzda maktab tashkil etilgan. Bugungi kunda muassasada180 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi, 536 nafar maktab o‘quvchilari tarbiyalanmoqda. Viloyat rahbari muassasada amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Bundan tashqari, Adiz Boboyev Samarqand shahridagi 9- umumta’lim maktabiga borib, robototexnika bo‘yicha bir necha bor Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Ularlarning kelgusi rejalari bilan qiziqdi. Maktabning sport, faollar zali va energiya tejovchi isitish qozonxonasini ko‘zdan kechirdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan yo‘l xaritasi taqdimoti bilan tanishdi.

Kiritilgan vaqti: 14/04/2025 20:33.   Ko‘rilganligi: 42
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-talim-muassasalarida-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing