Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bir qator mutasaddilar bilan birgalikda Samarqand shahrida amaliy tashrif uyushtirdi.
Tashrifning birinchi obyekti yangi bunyod etilayotgan Shirin massivi direksiyasi bo‘ldi. Bu yerda viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi va loyiha taqdimoti bilan tanishdi.
Adiz Boboyev massiv infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni soha rahbarlari bilan muhokama qilib, isitish va sovutish tizimini yaratishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Shaharcha nafaqat zamonaviy, balki aholi uchun har tomonlama qulay bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Viloyat rahbari kimoshdi savdosi orqali sotib olingan yer uchastkalarida olib borilayotgan qurilish ishlari holati bilan ham tanishib, ular yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Keyingi manzil Qorasuv massivida mahalla oqsoqollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi mas’ul rahbarlarga mavjud muammolarni bartaraf etish, bu yerda istiqomat qilayotgan aholi uchun barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Bundan tashqari, ushbu hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
Shu bilan birga, qurilayotgan yangi maktab binosi ham ko'zdan kechirildi. Energiyani tejash masalasiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.