w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialini borib ko‘rdi

Viloyat rahbari Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialini borib ko‘rdi

Filialda yurtimizda reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, muddatidan avval tug‘ilgan go‘daklar uchun ixtisoslashtirilgan reanimatsion va intensiv xizmatlarni tashkil etish, 

kam vaznli chaqaloqlarni parvarish va reabilitatsiya qilish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar va bino holati bilan tanishildi.

250 o‘rniga mo‘ljallangan ushbu muassasa 2022-yil kapital taʼmirdan chiqarilib, muassasada ginekologiya, homiladorlar patologiyasi, homiladorlikda yuqumli kasalliklar va chaqaloqlar patologiyasi kabi boʼlimlar tashkil etilgan.
Viloyat rahbariga tibbiyot maskaning ish faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Filialda ayni paytda 39 turdagi bioximik, 20 turdagi gematologik, 12 turdagi IFА (immunoferement analizator-Stat Faks 303) kabi laborator tahlillari o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun muassasa 11 mlrd soʼm mablagʼ evaziga 14 turdagi zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Аdiz Boboyev tomonidan oʼrganish davomida muassasaning issiqlik, suv - oqova tizimi, elektr tarmoqlari, bo‘limlardagi bemorlarni tashish uchun lift moslamalarining ishlamayotganligi, yerto‘la qismidan suv sizayotganligi holati aniqlandi va ushbu kamchiliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan maʼsullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, viloyat rahbari sog‘lom onadan sog‘lom farzand tug‘ilishi tamoyillari bo‘yicha, homiladorlarni davriy skrining tekshiruvidan o‘tkazilishi, nogironlikni oldini olish borasida targʼibot tadbirlarini koʼproq oʼtkazish borasida taklif va mulohazalarini bildirdi.
Investitsiya dasturi asosida 2025-2026-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali qoshida skrining va reproduktiv salomatlik bo`limlari binosi va 250 qatnovli “Аyollar maslahatxonasi” binosi qurilishi bilan tanishilib, 2026-yilda dasturga kiritilgan 200 o‘rinli tug‘ruq kompleksi binosi qurilishi, tug‘ruq markazidagi mavjud binolarini kapital taʼmirdan chiqarish yuzasidan yo`l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha maʼsullarga ko‘rsatmalar berildi.

Oxirgi o‘zgarish: 21/04/2025 19:49.   Ko‘rilganligi: 198
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-respublika-ixtisoslashtirilgan-ona-va-bola-salomatligi-ilmiy-amaliy-tibbiyot-markazi-viloyat-filialini-borib-kordi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing