w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari rektorlar bilan uchrashdi

Viloyat rahbari rektorlar bilan uchrashdi

Bugun viloyat rahbari Adiz Boboyev Samarqand davlat universitetiga bordi.

Universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov hamrohligida ushbu oliygohning yangi qurilgan o‘quv binosini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, viloyat rahbari intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida ham bo‘ldi.
Shundan so‘ng Adiz Boboyev universitetga taklif qilingan Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlarining rektorlari bilan uchrashdi. Muloqotda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, qabul natijalari, ta’lim sifatini yanada oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar-joylariga e’tiborli bo‘lish, fundamental ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish xususida so‘z yuritildi.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda viloyatdagi 19 ta oliy ta'lim muassasasida 70 ta fakultet, 314 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. 101 710 nafar talaba 324 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi. Professor-o‘qituvchilarning 253 nafari xorijliklardir.
Uchrashuvda yoshlarga zamon talablari darajasida ta'lim berish, ularni mehnat bozoridagi talabga asosan malakali mutaxassis sifatida shakllantirish va bandligini ta'minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Oliy o‘quv yurtlarining rektorlari ham muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.
Viloyat rahbari barchaga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tiladi.

Kiritilgan vaqti: 13/08/2025 13:27.   Ko‘rilganligi: 48
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-rektorlar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing