w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari pastdarg‘omlik fermerlar bilan uchrashdi

Viloyat rahbari pastdarg‘omlik fermerlar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Pastdrag‘om tumanida fermerlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Unda 2025-yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarning olib borilishi muhokama etildi.
Viloyat rahbari yer xalqimizning boyligi ekanligi, undan unumli va samarali foydalanish, zamonaviy intensiv texnologiyalarni joriy etish, suvni iqtisod qilish kerakligiga to‘xtalib o‘tdi.
Paxta va g‘allada belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.
O‘z navbatida fermer xo‘jalijklari rahbarlari ham o‘zlari duch kelayotgan muammolarini tilga olishdi. Dalalarni sug‘orishda suv yetkazib berilishi, elektr ta’minoti, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzlari va ularni undirish va boshqa masalalar haqida gapirildi.
Viloyat rahbari fermerlar aytgan kamchiliklarni qisqa fursatlarda hal etish borasida masʼullarga zaruriy topshiriqlar berdi.

Kiritilgan vaqti: 17/05/2025 15:31.   Ko‘rilganligi: 151
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-pastdargomlik-fermerlar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing