w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari butunjahon triatlon ittifoqi Prezidenti bilan uchrashdi

Viloyat rahbari butunjahon triatlon ittifoqi Prezidenti bilan uchrashdi

Samarqanddagi "Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida triatlon va para triatlon bo‘yicha “World Triathlon Cup Samarkand-2025”, “World Triathlon Para Cup Samarkand-2025” musobaqasi boshlandi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Butunjahon triatlon ittifoqi Prezidenti Antonio Fernandes Arimani bilan uchrashdi. Muloqotda musobaqaning ahamiyati, yaratilgan shart-sharoitlar haqida soʻz yurtildi. 35 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqada para sportchilar sprint yoʻnalishida 750 metrga suzish, 19 kilometr velosiped poygasi va 5 kilometrga yugurish bahslarida qatnashmoqda.
Elit sportchilar esa standart yoʻnalishda 1,5 kilometr suzish, 40 kilometr velosiped va 10 kilometr yugurish musobaqalarida kuch sinashadi. Shuningdek, toifaga qarab bir nechta startlar ham oʻtkaziladi.

Kiritilgan vaqti: 24/05/2025 17:57.   Ko‘rilganligi: 172
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-butunjahon-triatlon-ittifoqi-prezidenti-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing