w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat rahbari arxeolog – olimlar bilan uchrashdi

Viloyat rahbari arxeolog – olimlar bilan uchrashdi

Samarqand arxelogiya institutida Samarqand tarixi, madaniyati, me'moriy va arxelogik yodgorliklarini o‘rganish bo‘yicha viloyat hokimligi huzuridagi jamoatchilik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ziyolilar va tarixchi-olimlar bilan uchrashuvida Samarqand tarixini o‘rganish, Amir Temur saroyining joylashish o‘rnini kompleks tadqiq qilish, tarixiy obyektlarni ilmiy o‘rganish va restavratsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan edi.
Viloyat rahbari, institut olimlari, taniqli arxeloglar ishtirok etgan yig‘ilishda ana shu vazifalar ijrosi haqida so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda Afrosiyib yodgorligida amalga oshirilayotgan qazishma ishlari, Samarqandning qadimgi tarixiy ldizlarini tadqiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Ko‘ksaroy maydonida olib borilayotgan qazishma ishlari to‘g‘risida ma'ruzalar qilindi.
Viloyat rahbari yig‘ilishdan so‘ng Samarqand arxeologiya instituti laboratoriyalari faoliyati, noyob topilmalarni restavratsiya qilish jarayonlari bilan tanishdi.

Kiritilgan vaqti: 04/06/2025 18:22.   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-rahbari-arxeolog-olimlar-bilan-uchrashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing